Get Mystery Box with random crypto!

Bek Olimjon

Telegram kanalining logotibi drbekolimjon — Bek Olimjon B
Telegram kanalining logotibi drbekolimjon — Bek Olimjon
Kanal manzili: @drbekolimjon
Toifalar: Bloglar , Sogʻlom
Til: Oʻzbek tili
Obunachilar: 7.08K
Kanalning ta’rifi

www.bekolimjon.com - Balki foydasi tegar...

Ratings & Reviews

4.00

3 reviews

Reviews can be left only by registered users. All reviews are moderated by admins.

5 stars

1

4 stars

1

3 stars

1

2 stars

0

1 stars

0


Oxirgi xabar

2022-09-01 11:25:07 Aziz do’stlar!

Mustaqillik bayrami muborak bo’lsin. Erkinlikni his qilishdek buyuk tuyg’u yo’q. Bunday tuyg’uni barcha his qilishini istayman.

Barchangizga salomatlik tilayman. Bayram kunlaringiz samarali o’tsin.
1.6K viewsBek Olimjon, 08:25
Ochish/sharhlash
2022-08-24 09:02:37 ​​Maktabda a'lochi bo'lsin bolam...

Assalomu alaykum qadrli ota-onalar,

yana maktab haqida yozishimning sababi, bolalar maktabda va o'quv markazlarida shunchaki faol va a'lochi bo'lib qolmaydilar,. balki sizning qo'llab quvvatlashingiz tufayli yutuqlarga erishadilar.

Ho'sh qanday qilib bolaning xotirasiga ma'lumotlarni oson muhrlash mumkin?

Buning uchun verbal va noverbal muloqotni birdek qo'llash kerak bo'ladi, verbal bu so'z bilan, noverbal esa bolani tana bilan qo'llab quvvatlashdir.

Bola she'r yodladi yoki ingliz tilida so'z yodladi, siz verbal, ya'ni so'z bilan" barakalloh" dedingiz va noverbal yo'l: bag'ringizga bosdingiz yoki yelkasiga qoqib qo'ydingiz, boladagi quvonch hissi xotirasidagi ma'lumotni umr bo'yi saqlaydi, unutmang bu yondashuv astoydil, mehr bilan bo'lishi shart.

Telefon o'yinlari va o'qituvchilar faqat verbal quvvatlaydilar, ota-ona esa noverbal usulni ham qo'llashi mumkin, bu sizga a'lochi bolalarning ota-onasi bo'lish imkoniyatini beradi.

Pediatr Nur Olimovna
4.0K viewsBek Olimjon, 06:02
Ochish/sharhlash
2022-08-20 16:52:03 Bir bola uylanishi kerak edi. Qarz oldi va uylandi. Bir haftadan keyin esa qarzni uzish uchun Rossiyaga ketdi. Orzu-havaslarga berilish faqat farzandning o'ziga bog'liq emas. Ota-onasiga ham bog'liq. Farzand esa ota-onaning orzu-havasi uchun o'zini fido qildi.

Aksar holatlarda vatandoshlarimiz Rossiyaga og‘ir mehnat uchun ketishadi. Nega aynan og'ir mehnat uchun? Balki ilm insoni bo'lib yoki boshqa bir sabab bilan emas. Nega bizda Rossiyaga ketish eng oson usul bo'lib ko'rinadi? Nega biz bu darajaga kelib qoldik? Bu majburlikdanmi yoki ko'proq pul topish uchunmi? Buning muqobiliga boshqa nimadir qilish mumkinmi?

"Alohida mavzu"ning bu sonida millatimizning eng og'riqli muammosi haqida Rossiyada mehnat muhojiri sifatida ishlagan, haqiqiy qishloq qiyinchiliklarini ko'rgan, o'z sohasining mutaxassisi bo'lish uchun farroshlikka ham rozi bo'lgan insonlar bilan suhbat qurdik.

"Rossiyaga ketaman" deb nomlangan suhbat premyerasini bugun soat 20:50 da men pastda qoldirayotgan havola orqali tomosha qiling!

Havola:

5.7K viewsBek Olimjon, 13:52
Ochish/sharhlash
2022-08-02 09:47:25 Bundan 4-5 yilcha oldin O’zbekistonda tibbiyot institutini tamomlaganlarni Janubiy Koreyaga mutaxassisliklar bo’yicha magistraturaga olib kiramiz degan turli firmalar ko’paygan edi. Talabi IELTS 5,5-6,0 deyishar edi. Bizdagilar IELTS topshirsam va kontrakt pulini to’lasam Koreyada kardiolog bo’laman ekan yoki kardioxirurg, nevrolog bo’laman ekan degan fikrlar bilan harakat qilishar edi. Afsuski Janubiy Koreyada tibbiyot sohasida magistraturada o’qish va shifokor mutaxassis bo’lish ikki xil narsa. Magistratura bu nazariy va ilmiy izlanishga asoslangan yo’nalish. Bemorlar bilan ishlash uchun shifokorlik litsenziyasi zarur.

Mana shunday firmalar faoliyati bugun yana ko’payib qolgandek. Men yoshlarni aldanib qolmasligi tarafdoriman.

Bundan 4 yilcha avval Janubiy Koreyada shifokorlik litsenziyasini olish tartibi haqida video qilgan edim. Balki hozir talab sal o’zgargandir, lekin yengillashmagani aniq. Koreyada magistratura tugatib mutaxassis bo’laman ekan deb reja qilayotganlarga o’z rejasida juda shoshilib ketmaslikni, sal ko’proq ma’lumot olishni tavsiya etaman. Videoni mana bu link orqali ko’rish mumkin.

Katta maqsadlarga oson erishilmaydi.





Bek Olimjon
8.6K viewsBek Olimjon, edited  06:47
Ochish/sharhlash
2022-07-25 12:42:51 Siz USMLE topshirib, AQShda rezidenturaga kirgan biror kimni bilsangiz va u inson(lar) bilan aloqa qilishga ko'maklasha olsangiz ancha foydali bo'lar edi. Maqsad ana shunday inson bilan podcast qilish. Siz ana shunday insonni bilsangiz izohda qoldiring, men aloqaga chiqaman.
8.7K viewsBek Olimjon, 09:42
Ochish/sharhlash
2022-07-22 12:24:45 https://telegra.ph/CV-07-21-3
10.1K viewsBek Olimjon, 09:24
Ochish/sharhlash
2022-07-20 15:03:50 Tibbiyot Institutida o’qiydigan talabalar ko’p so’raydigan savol.

Yaxshi shifokor bo’lish uchun nima qilishim kerak?

Mening javobim: «Zamonaviy tibbiyotni o’rganish zarur.»

Zamonaviy tibbiyotni ingliz tili va tibbiyotdagi statistikani bilmay turib o’rganib bo’lmaydi.

Bu javobdan keyin bularni qayerdan o’rganamiz degan savol bo’ladi.

Avval ingliz tili, keyin statistika o’rganiladi. Klinik tibbiyotni o’rganish uchun statistikani tushunish shart. Busiz iloji yo’q. Men ishlaydigan Oslo universiteti tibbiyot talabalariga birinchi semestrdayoq statistika bo’yicha darslar boshlanadi va qattiq imtihondan o’tishadi. Biz tibbiyotiga havas qiladigan boshqa davlatlarda ham shunday.

Agar yaxshi shifokor bo’laman desangiz ingliz tili o’rganing, keyin statistika. Agar ingliz tili bilsangiz statistikani qayerdan o’rganishni qidirib topa olasiz.

Bek Olimjon
10.9K viewsBek Olimjon, 12:03
Ochish/sharhlash
2022-07-18 14:10:36 Sizga O’zbekistonda g’arbni yomon qilib ko’rsatishga harakat qilishadi. Bu avvaldan shunday. Fahshga botgan g’arb degan tasavvur paydo qilishga harakat qilishadi. G’arb davlatlari, xalqlari, madaniyati, qadriyatlari haqida salbiy fikrlarni aytishadi. Ular bizning qadriyatlarga qanchalik qarshi ekanligi haqida gapirishadi. Ularni yo’ldan adashgan deyishadi. Qadriyatlarini yo’qotgan deyishadi. Achinarlisi bu fikrlarni bizning jamiyatda hurmati bor insonlar aytishadi.

Undan ham achinarlisi shuki, u insonlarda g’arb borasida tajriba deyarli yo’q. Ular yo’ldan adashgan, qadriyatsiz deb yomon otliq qilayotgan xalqlar bilan bitta mahallada yashab ko’rishmagan. Yaqindan tanishishga harakat qilishmagan. Ularning qadriyatlari negizi nima ekanligini o’rganishga harakat qilishmagan. Oson va qiyin kunlarini birga boshdan kechirishmagan. Uzog’i bilan g’arbga turist sifatida qisqa muddatga sayohat qilishgan xolos. Mediaga ishonib xulosa qilishga harakat qilishadi.

Men g’arbda 10 yilga yaqin umrini o’tkazgan inson sifatida aytaman. O’zbek millati uchun qadrli bo’lgan narsalarni bu yerda ham qadrlashadi. Biz qilishimiz kerak bo’lgan ayrim vazifalarni esa bizdanda ustunroq bajarishadi.

Men biror xalq yoki millatni butunlay yaxshi yoki yomon deya olmayman. Har qanday joyda yaxshi va yomon insonlar mavjud. Shukurki har qanday jamiyatning asosiy qismini yaxshi insonlar tashkil etadi.

Bizning jamiyatni biror xalq haqida salbiy fikr bildirishdan ko’ra, o’zini isloh qilishga ehtiyoji kattaroq. Ilmga esa ehtiyojimiz juda katta.

Sizga ayrim xalqlar yoki millatlar haqida gapirishsa bunday odamlarga doim shubha bilan qarang. O’sha xalq va millatlar yashaydigan joyga boring, siz ham yashab ko’ring, hayotiy tajriba orttiring, musofir bo’ling va xulosa qiling. Eng muhimi propagandaga ergashishdan ehtiyot bo’ling.

Bek Olimjon
18.07.22 Oslo, Norvegiya
8.8K viewsBek Olimjon, 11:10
Ochish/sharhlash
2022-07-15 09:19:43 https://telegra.ph/Telemeditsina-loyihasi-07-15
6.7K viewsBek Olimjon, 06:19
Ochish/sharhlash
2022-07-10 11:26:46
Assalomu aleykum hammaga.Vanihoyat biz kutgan podcast....

Bu galgi mehmon:

Germaniyaning Bernburg shahri
Ameos Hospital
Anaesthesiology and Intensive Care Medicine
bo'limida faoliyat olib borayotgan shifokor :

BAHROMOV BOBURJON

P.S.O'zingizni qiziqtirgan savollarni comment da qoldirishingiz mumkin...


Share with your friends..

Do'stlaringizga ulashing .

https://t.me/bionics_asmi

Podcast link: https://t.me/bionics_asmi?livestream=dc301fb9055ae4cad5
8.6K viewsBek Olimjon, 08:26
Ochish/sharhlash