Get Mystery Box with random crypto!

BO'LADIMI? | IT Blog

Logo of telegram channel bilasizmi — BO'LADIMI? | IT Blog B
Logo of telegram channel bilasizmi — BO'LADIMI? | IT Blog
Channel address: @bilasizmi
Categories: Advices
Language: English
Subscribers: 2.15K
Description from channel

Bo'ladimi? — degan qiziqarli savollarga javob beruvchi foydali kanal!
Biz bilan eng sara ma'lumotlarni o'qib, bilimingizni oshirishingiz yoki shunchaki vaqtingizni unumli o'tkazishingiz mumkin.
Savol va takliflar uchun — @Elnur_tg

Ratings & Reviews

4.00

2 reviews

Reviews can be left only by registered users. All reviews are moderated by admins.

5 stars

1

4 stars

0

3 stars

1

2 stars

0

1 stars

0


The latest Messages 19

2021-01-27 16:30:19
Odamlar turli xil ko'z ranglariga egaligini bilasizmi?

Ko'z rangiga ko'zdagi melanin deb nomlangan pigment ta'sir qiladi. Melanin miqdori ko'zning rangini aniqlaydi. Ushbu pigmentning katta miqdori qora ko'zlarni, kichikroq qismi esa ko'k rangni hosil qiladi.

Melanin miqdori irsiyat bilan belgilanadi. Dunyoda ko'k ko'zli odamlarga qaraganda qora ko'zli odamlar sezilarli darajada ko'p va buning sababi katta miqdordagi melanin bilan bog'liq xususiyatlarning genetik ustunligidadir.

Qiziqarli Faktlar: @Bilasizmi
17.9K views13:30
Open / Comment
2021-01-27 08:50:53
Manshiyat-Nosir axlatchilar shahri deb nomlanganligini bilasizmi?

Manshiyat Nosir, Misrning Qohira shahri chetidagi xristianlar shaharchasi bo'lib, uning aholisi butun shahar bo'ylab chiqindilarni qayta ishlash va yo'q qilish bilan shug'ullanadi. Ushbu kvartalda Misrda maxsus ijtimoiy guruh - Zabbalinlar yoki axlat yig'uvchilar sifatida alohida tanilgan 40 mingga yaqin odam yashaydi.

Chiqindilarni yig'ish, saralash va qayta ishlash oilaviy biznes hisoblanadi va ish bilan band bo'lganlar uchun mahalliy standartlarga ko'ra nisbatan yaxshi daromad keltiradi. Bunday usul boshqa shaharlarni toza saqlashga katta yordam beradi.

Qiziqarli Faktlar: @Bilasizmi
30.7K views05:50
Open / Comment
2021-01-24 12:38:31
Nimaga naushnik simlari doimo chalkashib ketishini bilasizmi?

Bu savolga javob olish uchun fiziklar jamoasi bir qator tajribalar o'tkazdilar, ular bir necha soniya ichida eng qiyin tugunlar paydo bo'lishini va qattiqroq simlar chalkashishga moyil emasligini aniqladilar.

Yuqoridagi rasmda tugunni shakllantirish modelining soddalashtirilgan versiyasi ko'rsatilgan. Oddiy sim cheklangan maydonda spiralga burilishga moyil bo'ladi, bu esa ulashgan simning uchiga parallel ravishda joylashtirilgan bir nechta parallel segmentlarni qo'zg'atadi.

Qiziqarli Faktlar: @Bilasizmi
38.0K views09:38
Open / Comment
2020-12-29 17:30:15
Itlar boshlarini nima uchun qiyshaytirishini bilasizmi?

Gap shundaki, sizning itingiz aytilganlarni eshitishga harakat qilmoqda. Itlarda quloq shlyapalari harakatchan bo'lib, ular ovoz eshitiladigan zonani tez va aniq belgilab olishlari mumkin. Ammo olingan barcha ma'lumotlar miya tomonidan qayta ishlanadi, bu tovushni har bir quloqqa vaqt o'tishi bilan farqini hisoblab chiqadi.

Shunday qilib, it boshning yengil qiyshayishi yordamida tovush manbayi unga qancha masofada joylashganligini va unga nisbatan qayerda joylashganligini aniqlashga harakat qiladi.


Qiziqarli Faktlar: @Bilasizmi
40.5K views14:30
Open / Comment
2020-12-29 14:30:17
Islandiyada to'rt kilometrlik yorug' ustun shaklida yodgorlik mavjudligini bilasizmi?

Ushbu yodgorlik Jon Lennonga bag'ishlangan va uni yaratish g'oyasi Yoko Onoga tegishli edi. U "Tinchlik minorasi" deb nomlanadi va u 2007-yilda Reykyavik yaqinidagi orolda qurilgan. "Tinchlik minorasi" iborasi oppoq poydevorda o'yilgan. "Minora"ning o'zi yorug'lik nurlaridan vertikal nurlar yordamida hosil bo'ladi.

Nurlarning balandligi 4 kmga yetadi. Ular butun yil davomida ishlamaydi, lekin 9 oktyabrdan 8 dekabrgacha, shuningdek 21-28 dekabr kunlari, Yangi yil arafasida va boshqa bayram kunlari ishlaydi.


Qiziqarli Faktlar: @Bilasizmi
39.7K views11:30
Open / Comment
2020-12-24 08:47:01
Bostonda karamel toshqini bo'lganligini bilasizmi?

1919 yilda Bostonda alkogolli ichimliklar ishlab chiqaradigan "Purity Distillash" kompaniyasida ulkan rezurvar karamel siropi bilan yorilib ketadi. O'sha paytda karamel etanol ishlab chiqarish uchun keng ishlatilgan.

Balandligi 2,5 dan 4,5 metrgacha bo'lgan karamel to'lqini yaqin atrofdagi ko'chalarni va bir nechta uylarni vayron qilgan. Karamelning bosimi shunchalik katta ediki, yuk poezdini relslardan chiqarib yubordi. Aholining aytishiga qaraganda hozirgacha havo isiganda, uylardan karamel hidi kelarkan.


Qiziqarli Faktlar: @Bilasizmi
40.5K views05:47
Open / Comment
2020-12-19 09:55:41
O'zbekiston mahsulotlarida Yod moddasi tanqisligini bilasizmi?

Olma, xurmo, yong’oq, mayiz kabu mevalarda yod ko’p bo’ladi. Lekin bizning mahsulotlarda emas.

O'zbekiston dengiz va okeanlardan uzoq joyda joylashgani uchun tuprog'imizda yod kam. Tabiiyki, tuproqda bo'lmagan yodni daraxt ham mevaga chiqarib berolmaydi.

Yod yetishmaganda uyquchanlik, erinchoqlik, xotira pastligi kuzatiladi.


Qiziqarli Faktlar: @Bilasizmi
41.2K views06:55
Open / Comment
2020-12-15 17:13:45
Kamqonlik kelib chiqishining asosiy sabablarini bilasizmi?

Anemiya – tashqi va ichki, nasliy va orttirilgan, homiladadorlik va tugʻilgandan keyingi, patologik va asosiy omillar asosida yuzaga keladi.

Bolalar uchun anemiya xavfli kasallik sirasiga kiradi. Sababi bola kun sayin oʻsadi va maʼlumki oʻzining “zaxiralari” kam boʻlsa, rivojlanishdan orqada qolishi mumkin.

Toʻyib ovqatlanmaslik, vitaminga boy mahsulotlarni isteʼmol qilmaslik ham anemiyaga sababchi boʻladi.


Qiziqarli Faktlar: @Bilasizmi
41.1K views14:13
Open / Comment
2020-12-13 14:18:23
Odam aqliy mehnatdan so'ng jismonan charchoq his qilishini bilasizmi?

Aqliy va jismoniy charchoq bir-biriga bog'liqdir. Har qanday kelib chiqadigan charchoqda "asabiy komponent" mavjud. Jismoniy mehnatda charchoq ham mushak to'qimalarida, ham markaziy asab tizimidagi o'zgarishlardan kelib chiqadi.

Aqliy mehnat esa ozroq yoki doimiy holatni talab qiladi, bu esa skelet mushaklarining statik charchashiga, shuningdek tananing harakatsiz qismlarida qon va to'qima suyuqligining turg'unligiga olib keladi. Bu jismoniy charchoq kabi hissiyotlarni yaratadi.


Qiziqarli Faktlar: @Bilasizmi
39.3K views11:18
Open / Comment
2020-12-10 11:49:15
Konselyariya skripkasini butun boshli uyga almashtirishganligini bilasizmi?

2005-yilda Kanadalik Kayl ismli ijarada yashovchi yigit Bigger batter o'yinini o'ynashga qaror qildi. Unga ko'ra biror buyumni qimmatliroq buyumga almashtirsh kerak edi.

Shunday qilib Kayl qog'oz skripkasini sharikli qalamga, uni esa eshik tutqichiga, uni esa kerosin pechkasiga, pechkani elektr generatorga, uni esa neon reklamaga, reklamani pivo bochkasiga, bochkani qor motatsikliga, uni esa sayohat paketiga, uni esa eskiroq mashinaga, mashinani ovoz yozish studiyasiga, uni esa butun boshli uyga alamshtirishga erishadi.

Shunday qilib Kayl 1 yil ichida oddiy skripkani uyga almashtirishga muvaffaq bo'lgan va uy oldida skripkaga atab yodgorlik o'rnatgan.


P.S. Sinab ko'rishga nima deysiz..?

Qiziqarli Faktlar: @Bilasizmi
37.3K views08:49
Open / Comment