Get Mystery Box with random crypto!

KOMPYUTER AKADEMIYASI

Telegram kanalining logotibi kompyuter_akademiyasi — KOMPYUTER AKADEMIYASI K
Kanaldagi mavzular:
Windows
Info
Telegram kanalining logotibi kompyuter_akademiyasi — KOMPYUTER AKADEMIYASI
Kanaldagi mavzular:
Windows
Info
Kanal manzili: @kompyuter_akademiyasi
Toifalar: Texnologiyalar
Til: Oʻzbek tili
Mamlakat: Oʻzbekiston
Obunachilar: 35.72K
Kanalning ta’rifi

✅ Oliy maqsadimiz - Yurtdoshlarimizning kompyuter savodxonlik darajasini oshirishga beg'araz hissa qo'shish!
❓Savollar: @k_a_chat
💼 Loyihalarimiz: https://t.me/ka_projects/63
💲Reklama: t.me/techno_ads/16
😎 Asoschi: @wmteam95

Ratings & Reviews

2.67

3 reviews

Reviews can be left only by registered users. All reviews are moderated by admins.

5 stars

1

4 stars

0

3 stars

0

2 stars

1

1 stars

1


Oxirgi xabar

2024-05-13 08:11:37Hard skills va soft skills
#info

Katta muvaffaqiyatga erishish uchun "hard skills"ga ham, "soft skills"ga ham ega bo‘lish kerak. Odamlarning nutqida tez-tez yangrab turgan bu so‘zlar nima degani o‘zi?

Qattiq ko‘nikmalar (hard skills) — kasbiy, texnik ko‘nikmalar. Har bir kasb egasi muayyan ko‘nikmalariga ega bo‘ladi. Ularni namoyish qilish, tekshirish va baholash oson. Tarjimon uchun tillarni bilish, haydovchi uchun mashinani boshqara olish, sartarosh uchun soch va soqolni ola bilish qattiq ko‘nikmalar hisoblanadi. Inson qaysi jamoa yoki kompaniyada ishlamasin, bu ko‘nikmalar o‘zgarmay qolaveradi.

Yumshoq ko‘nikmalar (Soft skills) — qo‘shimcha, universal ijtimoiy-psixologik ko‘nikmalar. Ular kasbga bog‘liq bo‘lmaydi, lekin insonning hayotdagi muvaffaqiyatiga taʼsir ko‘rsatadi. Odamlar bilan muomala qilish madaniyati, nizolarni hal qilish qobiliyati, odamlarni ishontirish mahorati, moslashuvchanlik, masʼuliyatlilik, puxtalik, har ishni o‘z vaqtida bajarish, tanqidiy fikrlash, kreativlik kabi xususiyatlar "yumshoq ko‘nikmalar"ga misol bo‘ladi. Bunday ko‘nikmalar nafaqat ishda, balki hayotning barcha jabhalarida kerak bo‘ladi.

Qattiq ko‘nikmalarni faqatgina aniq belgilangan ko‘rsatmalar yordamiga egallash mumkin bo‘lsa, yumshoq ko‘nikmalar odamda yo tug‘ma bo‘ladi, yo hayotiy tajriba bilan rivojlanib boradi. @xatoliklar

Kompyuterni birga o'rganamiz
Telegram I YouTube I Guruh I Xarita
6.3K viewsValijon Maxmudov, 05:11
Ochish/sharhlash
2024-05-12 11:29:24 Hech narsa tekin emas ayniqsa yangiliklar!

Yangilik kanallarini aktiv kuzatmay qo’yganimga chamasi 1 yil bo’ldi. Hamma ijtimoiy tarmoqlarimda (hattoki telegramda ham) ulardan obunamni bekor qilganman. Mabodo menga aloqasi bor biror yangilik chiqsa, ularni kuzatmasam ham qayerdandir menga yetib keladi. Shu payt o’qib olaman. Lekin bunday yangiliklar 1 oyda 2-3 marta keladi halos.

Tasavvur qiling minglab chiqadigan yangiliklar orasida menga aloqasi bori 2 yoki 3 dona. Demak 99.9% yangiliklarni menga umuman aloqasi yo’q. Balki sizda bu raqam 90% yoki 95% dir lekin aniq bilaman 90% dan ko’p. Boshqacha qilib tushuntirsam, siz yangiliklarni kuzatishga ketkazgan 90% vaqtingiz isrof.

Ertalabda yaxshi kayfiyatda turdingiz va ijtimoiy tarmoqlardagi yangilik kanali kimdir avtoxalokatga uchragani, yana kimdir korrupsiya bilan qo’lga tushgani, va orqasidan ko’prik qulab tushgani haqida ma’lumotni yozib qo’ygan bo’ladi.

Siz “tekinga” o’qigan shu ma’lumotingizga, kayfiyatingiz bilan jarima to’ladingiz.

O’zingizni asrang!

@shahadolimov
6.4K viewsValijon Maxmudov, 08:29
Ochish/sharhlash
2024-05-09 17:36:02
Ma'lumotlari bilan ko'chirish & duplikat qilish
#shorts / #excel

Qachondir aniq kerak bo'ladigan mohirlikni kutib oling! Ushbu mohirlikda qator va ustunni ma'lumotlari bilan ko'chirish & duplikat qilishni o'rganamiz!

Kompyuterni birga o'rganamiz
Telegram I YouTube
9.5K viewsValijon Maxmudov, 14:36
Ochish/sharhlash
2024-05-08 07:33:30
Kompyuterchi uchun eng kerak narsa...
#tavsiya

Kompyuterchi uchun eng kerak narsa bu zo'r kompyuter, tezkor internet yoki alohida ko'nikmlar deyishingiz mumkin, lekin sog'lom bo'lmagan odamga yuqoridagi narsalar tatimaydi. Nafaqat kompyuter yoki IT chilar balki barcha uchun salomatlik eng kerak narsa hisoblanadi.

O'zimni shaxsiy blogimda sportni boshlaganim haqida motivatsion postlar yozgan edim:
• Tana haqida g'amxo'rlik qilamiz!
• 1Fit'dan foydalanish bo'yicha qo'llanma

Sizga ham hafta davomida kamida 5-6 soat vaqtingizni o'z tanangiz va salomatligingiz uchun ajratishingizni tavsiya qilaman.

Kompyuterni birga o'rganamiz
Telegram I YouTube
9.0K viewsValijon Maxmudov, 04:33
Ochish/sharhlash
2024-05-06 17:57:30
6/10k

Barchangizga tashakkur

@OfisDarsBot
8.6K viewsValijon Maxmudov, edited  14:57
Ochish/sharhlash
2024-05-06 15:18:27
Rasmlarni sifatini tiklash uchun bepul 4 neyrotarmoq
#manba / #AI / manba

Eski yoki unchalik sifatli bo'lmagan rasmlarni sun'iy intellektlar yordamida yaxshilashingiz mumkin. Buning uchun quyidagi saytlarni sinab ko'ring:

PhotoRestore.io

Smartmine AI Image Restoration

jpgHD

GFPGAN

Kompyuterni birga o'rganamiz
Telegram I YouTube
11.1K viewsValijon Maxmudov, edited  12:18
Ochish/sharhlash
2024-05-03 17:19:57

11.8K viewsValijon Maxmudov, 14:19
Ochish/sharhlash
2024-05-02 08:59:14 PowerPoint dasturi uchun klaviatura kombinatsiyalari
#hotkeys / #powerpoint

PowerPoint dasturida ishlashda kerak bo'ladigan bir qancha "qaynoq tugmalar"ni PDF holatda yuklab oling, chop eting va o'rganing.

Muallifi Воронин Ким bo'lib, PDF hujjati Adobe Acrobat Pro dasturi yordamida tahrirlangan.

Kompyuterni birga o'rganamiz
Telegram I Instagram I TikTok I YouTube
12.3K viewsValijon Maxmudov, 05:59
Ochish/sharhlash
2024-04-30 20:03:02 "Диспетчер задач" dan dasturni o'chirish
#info / #windows

Ko'pincha biror dasturni yopish imkoniyati yo'qoladi va bunda "не отвечает" yozuvi chiqib qoladi. Bugun esa shunday qotish paytidan kompyuterni qutqarishni o'rganamiz!

Nazorat qilib bo'lmayotgan dasturni Диспетчер задач dan o'chiramiz. Qanday holatlarda nazorat yo'qolgan bo'ladi?
• Biror dastur qotib qolib, не отвечает yozuvini chiqarganida (1-rasm);
• Chiqish knopkasi mavjud bo'lmagan dasturlarda (masalan: Desktop Goose);
• Juda sekin ishlayotgan dasturlardan birdaniga qutulish uchun.

Диспетчер задач dan biror dasturni olib tashlash uchun (2-rasm):
1. Win + R ga taskmgr ni kiritib OK ni bosamiz;
2. Процессы bo'limidan keraksiz dasturni tanlaymiz va Завершить процесс ni bosamiz.

Kompyuterni birga o'rganamiz
Telegram / YouTube
10.8K viewsValijon Maxmudov, 17:03
Ochish/sharhlash
2024-04-29 17:25:29 Birdamlikda gap ko'p
#tavsiya

Vaqtingiz bo'lganda bir o'qib qo'ying. Biror nima xatoligini aytaverishdan ko'ra to'g'ri yo'lni ko'rsatib qo'yishimiz ancha samarali ekanligini unutmaylik.

Dunyoni o'zgartirmoqchimisan? Unda o'zingdan boshla!

https://telegra.ph/Dasturchilar-16-million-yevrolik-ishni-ikki-kunda-bepul-qilib-berib-vazirni-ishdan-olib-tashlashdi-05-13

Kompyuterni birga o'rganamiz
Telegram I YouTube I Guruh I Xarita
10.4K viewsValijon Maxmudov, 14:25
Ochish/sharhlash