Get Mystery Box with random crypto!

KOMPYUTER AKADEMIYASI

Telegram kanalining logotibi kompyuter_akademiyasi — KOMPYUTER AKADEMIYASI K
Telegram kanalining logotibi kompyuter_akademiyasi — KOMPYUTER AKADEMIYASI
Kanal manzili: @kompyuter_akademiyasi
Toifalar: Texnologiyalar
Til: Oʻzbek tili
Mamlakat: Oʻzbekiston
Obunachilar: 35.61K
Kanalning ta’rifi

✅ Oliy maqsadimiz - Yurtdoshlarimizning kompyuter savodxonlik darajasini oshirishga beg'araz hissa qo'shish!
❓Savollar: @k_a_chat
💼 Loyihalarimiz: https://t.me/ka_projects/63
💲Reklama: t.me/techno_ads/16
😎 Asoschi: @wmteam95

Ratings & Reviews

2.67

3 reviews

Reviews can be left only by registered users. All reviews are moderated by admins.

5 stars

1

4 stars

0

3 stars

0

2 stars

1

1 stars

1


Oxirgi xabar

2024-05-23 15:56:54IP manzilni qanday aniqlash mumkin?
#info / #internet

Kompyuterning IP manzili — bu tarmoqdagi kompyuterimizni boshqa kompyuterlardan ajralib turishga xizmat qiluvchi noyob raqam. U 0 dan 255 gacha bo'lgan to'rtta raqamlar to'plamidan iborat.

IP-manzil statik, ya'ni o'zgarishsiz yoki dinamik bo'lishi mumkin - bu sizning kompyuteringiz har ulanganda yangi raqam olishini anglatadi.

Agar Siz kompyuterningizni IP manzili bilmoqchi bo'lsangiz PR-CY saytining maxsus servisidan foydalanishingiz mumkin. Servis qurilmaning IP manzilini aniqlash bilan birgalikda joylashgan joyi haqida ham ma'lumot beradi.

Servis manzili: https://pr-cy.ru/browser-details/

Комп для чайника

Kompyuterni birga o'rganamiz
Telegram / YouTube / Xarita
5.4K viewsValijon Maxmudov, 12:56
Ochish/sharhlash
2024-05-22 15:02:35 Blender 4.1.1 (x64)
#dastur / #3d

3D sohasini o'rganish uchun bepul dastur (aktivatsiya va h.k lar kerak emas!) izlaganlarga mos dastur. Kuchsiz kompyuterlarda ham dastlabki amallarni bajarishingiz mumkin.

O'rganish bo'yicha youtube'da yetarlicha videolar bor, nasib qilsa biz ham keyinchalik videokurs tayyorlarmiz.

327.2 MB (.msi)

Kompyuterni birga o'rganamiz
Telegram I YouTube
6.2K viewsValijon Maxmudov, 12:02
Ochish/sharhlash
2024-05-21 07:25:38
Tayyor moushn elementlar
#manba

Jitter.Video - oldin ham aytgan moshn saytlarimdan biri, bepulga ham anchagina tayyor elementlar mavjud.

Kompyuterni birga o'rganamiz
Telegram I YouTube
7.4K viewsValijon Maxmudov, edited  04:25
Ochish/sharhlash
2024-05-19 14:29:56
Ingliz tilida kino ko'rish uchun manbalar
#English

Ingliz tilini o'rganish degani test ishlash yoki faqat grammatikani o'rganish degani emas. O'zingizga yoqgan va ozuqa beradigan, yaxshi kinoni ko'rish & tahlil qilish orqali ham "jonli" ingliz tilini o'rganishingiz mumkin.

Quyida kinolarni ingliz tilida ko'rish imkonini beruvchi manbalarni keltiramiz.

Internet saytlari:
• tubitv.com US vpn kerak
• moviesjoy.is
• pluto.tv
• hoopladigital.com (zo'r narsalari bor ekan-u, lekin ro'yxatdan o'tish muammo)
• plex.tv
• therokuchannel.roku.com
• popcornflix.com
• play.xumo.com/free-movies
• moviehdkh.com

Telegramdagi kanallar:
• Films in English
• Movies in English

Yuqoridagi ko'p saytlar faqat AQSh'da faoliyat yuritishi sababli VPN'siz ishlamas ekan, ularga kirish uchun VPN'ni US deb sozlab kirish kerak.
Keltirilgan ro'yxatlardagi barcha kinolar "toza" deb javob bermayman. Har kim o'ziga kerak narsani qidiradi!

Kompyuterni birga o'rganamiz
Telegram I YouTube I Insta I TikTok
5.3K viewsValijon Maxmudov, 11:29
Ochish/sharhlash
2024-05-18 18:48:22 41 funksiyani o'rganamiz!

Excel dasturidagi 41 funksiyani o'rganishga oid videoda ishlatilgan fayllar.

Arxiv ichida 3 ta excel fayl mavjud:
- Dars davomida ishlatganimiz;
- Dars uchun tarjima qilingan, lekin bo'sh fayl;
- Videodars muallifi tomonidan tayyorlangan fayl (funksiyalar 6 tilda berilgan).

@OfisDarsBot
5.5K viewsValijon Maxmudov, 15:48
Ochish/sharhlash
2024-05-17 13:07:37
25 daqiqada 41 funksiyani o'rganamiz!

Excel dasturida ko'p kerak bo'ladigan 41 funksiyani qisqa vaqt ichida o'rganib chiqamiz.

Excel fayllar:
Kitob va qo'llanmalar Excel 41 funksiya

: 26:07 : 101 MB (1080p)

@OfisDarsBot
6.2K viewsValijon Maxmudov, 10:07
Ochish/sharhlash
2024-05-16 07:35:49
CV/rezyume & Portfolio hammasi bir saytda
#tavsiya

Ish beruvchi: Portfolio yoki CV'ingiz bilan tanishsak bo'ladimi?
Siz: Marhamat mana bu saytda hammasi berilgan!

Ishga kirishingizda CV/rezyume bilan birgalikda portfoliongiz haqida so'rashlari ham mumkin. CV/rezyume siz haqingizda gapirsa, portfolio esa siz nima ishlarni "qoyillatganingiz" haqida gapiradi.

Ishga kirishda boshqa nomzodlardan ajralib turish uchun o'zingiz va qilgan ishlaringiz haqida ma'lumotlarni kichik sayt ko'rinishida taqdim etishingiz mumkin. Agar dasturlashni bilmasangiz kecha aytib o'tgan no-code platformalardan foydalanishingiz ham mumkin.

Bu taklif g'oyasi mana bu videoni ko'rganimdan so'ng hosil bo'lgandi: Build a Portfolio Website With Next JS, Tailwind CSS & Framer Motion

Kompyuterni birga o'rganamiz
Telegram I YouTube
7.2K viewsValijon Maxmudov, edited  04:35
Ochish/sharhlash
2024-05-13 08:11:37Hard skills va soft skills
#info

Katta muvaffaqiyatga erishish uchun "hard skills"ga ham, "soft skills"ga ham ega bo‘lish kerak. Odamlarning nutqida tez-tez yangrab turgan bu so‘zlar nima degani o‘zi?

Qattiq ko‘nikmalar (hard skills) — kasbiy, texnik ko‘nikmalar. Har bir kasb egasi muayyan ko‘nikmalariga ega bo‘ladi. Ularni namoyish qilish, tekshirish va baholash oson. Tarjimon uchun tillarni bilish, haydovchi uchun mashinani boshqara olish, sartarosh uchun soch va soqolni ola bilish qattiq ko‘nikmalar hisoblanadi. Inson qaysi jamoa yoki kompaniyada ishlamasin, bu ko‘nikmalar o‘zgarmay qolaveradi.

Yumshoq ko‘nikmalar (Soft skills) — qo‘shimcha, universal ijtimoiy-psixologik ko‘nikmalar. Ular kasbga bog‘liq bo‘lmaydi, lekin insonning hayotdagi muvaffaqiyatiga taʼsir ko‘rsatadi. Odamlar bilan muomala qilish madaniyati, nizolarni hal qilish qobiliyati, odamlarni ishontirish mahorati, moslashuvchanlik, masʼuliyatlilik, puxtalik, har ishni o‘z vaqtida bajarish, tanqidiy fikrlash, kreativlik kabi xususiyatlar "yumshoq ko‘nikmalar"ga misol bo‘ladi. Bunday ko‘nikmalar nafaqat ishda, balki hayotning barcha jabhalarida kerak bo‘ladi.

Qattiq ko‘nikmalarni faqatgina aniq belgilangan ko‘rsatmalar yordamiga egallash mumkin bo‘lsa, yumshoq ko‘nikmalar odamda yo tug‘ma bo‘ladi, yo hayotiy tajriba bilan rivojlanib boradi. @xatoliklar

Kompyuterni birga o'rganamiz
Telegram I YouTube I Guruh I Xarita
6.3K viewsValijon Maxmudov, 05:11
Ochish/sharhlash
2024-05-12 11:29:24 Hech narsa tekin emas ayniqsa yangiliklar!

Yangilik kanallarini aktiv kuzatmay qo’yganimga chamasi 1 yil bo’ldi. Hamma ijtimoiy tarmoqlarimda (hattoki telegramda ham) ulardan obunamni bekor qilganman. Mabodo menga aloqasi bor biror yangilik chiqsa, ularni kuzatmasam ham qayerdandir menga yetib keladi. Shu payt o’qib olaman. Lekin bunday yangiliklar 1 oyda 2-3 marta keladi halos.

Tasavvur qiling minglab chiqadigan yangiliklar orasida menga aloqasi bori 2 yoki 3 dona. Demak 99.9% yangiliklarni menga umuman aloqasi yo’q. Balki sizda bu raqam 90% yoki 95% dir lekin aniq bilaman 90% dan ko’p. Boshqacha qilib tushuntirsam, siz yangiliklarni kuzatishga ketkazgan 90% vaqtingiz isrof.

Ertalabda yaxshi kayfiyatda turdingiz va ijtimoiy tarmoqlardagi yangilik kanali kimdir avtoxalokatga uchragani, yana kimdir korrupsiya bilan qo’lga tushgani, va orqasidan ko’prik qulab tushgani haqida ma’lumotni yozib qo’ygan bo’ladi.

Siz “tekinga” o’qigan shu ma’lumotingizga, kayfiyatingiz bilan jarima to’ladingiz.

O’zingizni asrang!

@shahadolimov
6.4K viewsValijon Maxmudov, 08:29
Ochish/sharhlash
2024-05-09 17:36:02
Ma'lumotlari bilan ko'chirish & duplikat qilish
#shorts / #excel

Qachondir aniq kerak bo'ladigan mohirlikni kutib oling! Ushbu mohirlikda qator va ustunni ma'lumotlari bilan ko'chirish & duplikat qilishni o'rganamiz!

Kompyuterni birga o'rganamiz
Telegram I YouTube
9.5K viewsValijon Maxmudov, 14:36
Ochish/sharhlash