Get Mystery Box with random crypto!

KOMPYUTER AKADEMIYASI

Telegram kanalining logotibi kompyuter_akademiyasi — KOMPYUTER AKADEMIYASI K
Telegram kanalining logotibi kompyuter_akademiyasi — KOMPYUTER AKADEMIYASI
Kanal manzili: @kompyuter_akademiyasi
Toifalar: Texnologiyalar
Til: Oʻzbek tili
Mamlakat: Oʻzbekiston
Obunachilar: 35.35K
Kanalning ta’rifi

✅ Oliy maqsadimiz - Yurtdoshlarimizning kompyuter savodxonlik darajasini oshirishga beg'araz hissa qo'shish!
❓Savollar: @k_a_chat
💼 Loyihalarimiz: https://t.me/ka_projects/63
💲Reklama: t.me/techno_ads/16
😎 Asoschi: @wmteam95

Ratings & Reviews

2.67

3 reviews

Reviews can be left only by registered users. All reviews are moderated by admins.

5 stars

1

4 stars

0

3 stars

0

2 stars

1

1 stars

1


Oxirgi xabar

2024-06-04 19:02:06
Super narx

O'zgacha dizayn
Narxi esa hamyonbop
Respublika bo'ylab yetkazib berish.
Intenet va buxgalteriya ishlari uchun ayni muddao.

Murojaat uchun (93) 613-80-10


Telegram
Instagram
Facebook
5.1K viewsValijon Maxmudov, 16:02
Ochish/sharhlash
2024-06-03 18:20:46
"Предупреждение системы безопасности" yoxud "Security warning" (xavfsizlik tizimini ogohlantirishi) ni o'chirish
#gif / #windows

Ko'pincha dasturlarga yorliq orqali kirish paytida "Предупреждение системы безопасности" yoki "Security warning" bizni ogohlantiradi. Bu bizni foydamizni ko'zlab qo'shilgan funksiya hisoblanadi, lekin doimiy tarzda buni ko'rish odamni asabiga va samaradorligiga ta'sir ko'rsatishi mumkin. Shu sababli bugun "Предупреждение системы безопасности" yoki "Security warning" ni o'chirishni o'rganamiz!

Kompyuterni birga o'rganamiz
Telegram / YouTube
5.4K viewsValijon Maxmudov, 15:20
Ochish/sharhlash
2024-06-03 03:45:05
Ogoh bo'laylik akademiklar! #xavfsizlik Yaqinda guruhimizda bir obunachimiz o'ziga begona insondan 1-rasmda ko'rsatilgan fayl kelganini va uni ochib ko'rish kerakmi yoki yo'qmi degan savolni bergan edi. Unga javoban boshqa obunachimiz o'sha faylni turli…
6.2K viewsValijon Maxmudov, 00:45
Ochish/sharhlash
2024-06-01 11:13:13
Faylni tezda o'zimizga yuborish uchun 5 ta tasdiqlangan usul!
#dastur / #mohirlik

Ko'pincha faylni telefoningizdan shaxsiy kompyuteringizga yoki planshetingizga yoki boshqa joyga o'tkazish kerak bo'ladi. Buni qilishning ko'plab usullari mavjud, ammo ushbu maqolada biz tez, oson va minimal kuch talab qiladiganlarga e'tibor qaratamiz.

Telegramdagi "Избранное" orqali faylni yuborish.

AirDrop orqali faylni yuborish.

Nearby Share orqali faylni yuborish.

Snapdrop orqali faylni yuborish.

ShareIt orqali faylni yuborish.

To'liq maqolani o'qish

Kompyuterni birga o'rganamiz
Telegram I YouTube
6.8K viewsValijon Maxmudov, 08:13
Ochish/sharhlash
2024-05-31 17:24:47
Resume vs CV
#info / #cv

Ushbu rasmlar orqali rezyume va CV oʻrtasidagi farqlar haqidagi maʼlumotlarga ega boʻlasiz.

instagram.com/ka_rasmiy

P.S.: Bu o'zi uzun infografika edi. @dr_Abdurahmoniy do'stimiz chiroyli shaklga kiritib berdi.

Kompyuterni birga o'rganamiz
Telegram I Instagram I TikTok I YouTube
6.3K viewsValijon Maxmudov, 14:24
Ochish/sharhlash
2024-05-30 06:11:46 PowerPoint va Google Slides uchun 20 ta foydali va estetik shablonlar yuklandi!

PowerPoint dasturi uchun shablonlarni yuklash.

Google Slides uchun havolalar va har bir shablondan skrinshotlarni mana bu saytdan ko'rsangiz bo'ladi.
6.1K viewsValijon Maxmudov, 03:11
Ochish/sharhlash
2024-05-27 12:45:22
Ona platani mehr bilan yig'ish
#fun

Barcha ezgu tilaklarni izohda yozib qoldiring ) So'kinganlar ban oladi :)

Kompyuterni birga o'rganamiz
Telegram I YouTube
8.1K viewsValijon Maxmudov, 09:45
Ochish/sharhlash
2024-05-26 17:55:28
Excel'da muddatni 2 usulda aniqlaymiz!

Excel dasturida ikki sana orasidagi muddatni aniqlashning bir qancha usullari mavjud. Bugun esa Sizlar bilan ushbu usullarning 2 tasini o'rganamiz.

1-usulimizda СЕГОДНЯ funksiyasi;
2-usulimizda РАЗНДАТ funksiyalaridan foydalanamiz.

: 03:44 : 14.9 MB (1080p)

@OfisDarsBot
8.2K viewsValijon Maxmudov, 14:55
Ochish/sharhlash
2024-05-26 12:33:10Printer va skaner uchun drayver yuklash va o'rnatish
#info

Drayver nima ekanligi haqida gaplashgan edik. Printer va skaner uchun drayverni quyidagi ketma-ketlikda topamiz:

Google.com ga kiramiz va printer/skaner nomi, markasini kiritib qidiruv beramiz. Masalan, Canon 3010 драйвер скачать;

Drayverni kompyuteringizga mos keluvchi razryad va operatsion tizimi tanlaysiz. Buning uchun kompyuter xarakteristikasini bilishimiz kerak;

O'zimizga keraklisini topib yuklab olamiz va o'rnatishni boshlaymiz!

Printer/skaner uchun drayver o'rnatish:

Demak kerakli drayverni yuklab olganimizdan so'ng kerakli qurilma (printer yoki skaner) ni kabelini kompyuterga ulaymiz;

Drayverni o'rnatishni boshlaymiz (turli qurilmalarni drayveri turlicha o'rnatilishi mumkin, o'rnatish bo'yicha qo'llanma drayver joylashgan arxiv ichida bo'ladi yoki oddiy o'rnatish orqali ham amalga oshiriladi);

O'rnatib bo'lganimizdan so'ng kompyuterni o'chirib yoqamiz (perezagruzka beramiz) va kerakli qurilmani ishlatib ko'ramiz.

Skanerni ishlatish uchun kanalimizdagi ABBYY Finereader dasturidan foydalanishingiz mumkin.

Printerdan biror nimani kitob shaklida chop etish uchun esa Print Kitob dasturidan foydalaning.

Kompyuterni birga o'rganamiz
Telegram / YouTube
6.2K viewsValijon Maxmudov, 09:33
Ochish/sharhlash
2024-05-23 15:56:54IP manzilni qanday aniqlash mumkin?
#info / #internet

Kompyuterning IP manzili — bu tarmoqdagi kompyuterimizni boshqa kompyuterlardan ajralib turishga xizmat qiluvchi noyob raqam. U 0 dan 255 gacha bo'lgan to'rtta raqamlar to'plamidan iborat.

IP-manzil statik, ya'ni o'zgarishsiz yoki dinamik bo'lishi mumkin - bu sizning kompyuteringiz har ulanganda yangi raqam olishini anglatadi.

Agar Siz kompyuterningizni IP manzili bilmoqchi bo'lsangiz PR-CY saytining maxsus servisidan foydalanishingiz mumkin. Servis qurilmaning IP manzilini aniqlash bilan birgalikda joylashgan joyi haqida ham ma'lumot beradi.

Servis manzili: https://pr-cy.ru/browser-details/

Комп для чайника

Kompyuterni birga o'rganamiz
Telegram / YouTube / Xarita
5.4K viewsValijon Maxmudov, 12:56
Ochish/sharhlash