Get Mystery Box with random crypto!

#motivation Tanishing! Xorazmlik biznesmen hikoyasi Shohrux | MKBANK

#motivation

Tanishing! Xorazmlik biznesmen hikoyasi

Shohrux 22 yoshda. U oilada katta farzand. Bizda asosan ko'p ma'suliyat to'ng'ich yigitlarning bo'ynida bo'lgani sabab, Shohrux ham o'qishga kirolmagan yili tadbirkorlik bilan shug'ullanishga ahd qiladi.

Boshlay desa mablag', uyda o'tirishga esa xohish yo'q. Xullas, bo'lajak biznesmenimiz parrandachilikka qiziqqani sabab ham bankdan 15 million miqdorida kredit olib, shu soha bilan shug'ullanadi.

2019- yilda boshlangan biznes, ayni paytda oyiga 6-7 million sof foyda keltirmoqda.

Shohruxning aytishicha, u yaqin orada tovuq go'shtidan tayyorlanadigan tamaddixona ochish niyatida ekan. Bu safar kredit olib emas, parrandachilikdan olingan foyda hisobiga

Siz hozir ham qo'limdan kelmaydi desangiz adashasiz! Boshlang, qo'lingizdan keladi. Bunda biz Sizni qo'llab-quvvatlaymiz!

#ozingizni_kashf_qiling #mikrokreditbank #bizsizbilan