Get Mystery Box with random crypto!

BEG’UBOR QALB🕊

Telegram kanalining logotibi moychechak_ifori — BEG’UBOR QALB🕊 B
Telegram kanalining logotibi moychechak_ifori — BEG’UBOR QALB🕊
Kanal manzili: @moychechak_ifori
Toifalar: Iltimoslar
Til: Oʻzbek tili
Obunachilar: 12.45K
Kanalning ta’rifi

"Toza qalb, beg‘ubor yuraklar uchun qalb kechinmalari .."🌼🕊
Muallif: ✍️Oy_Nur🍀(Mohinur)
🤝 vp admin: @sahovatchi
Sizdan kelgan: @sizdan_dil_tilaklar

Ratings & Reviews

3.33

3 reviews

Reviews can be left only by registered users. All reviews are moderated by admins.

5 stars

1

4 stars

1

3 stars

0

2 stars

0

1 stars

1


Oxirgi xabar

2023-07-02 17:36:03
Odamlar nima deydi, deymiz, aslida o‘zimiz shunaqamiz-da... Bu aslida baxtsizlik....

Odamlar nima desa desin, siz o‘zingizga bo‘lgan ishonchni yo‘qotmang! Ular nima qilsangiz ham gapirishadi....

@moychechak_ifori
8.2K views14:36
Ochish/sharhlash
2023-07-01 19:10:26
Ayting, necha pulga sotilar qadr,
Gunohmi gar sizga kulib boqmasam?!
Sizga iltifotlar qilolmam, uzr,
Nachora kimgadir yoqsam-yoqmasam!

Malika Tavfiq

@moychechak_ifori
35.9K views16:10
Ochish/sharhlash
2023-07-01 03:58:50
Assalomu alaykum!
Bugun eng goʻzal kunlardan biri!

Keling, goʻzallashamiz! Ginalarni unutamiz! Arazlamaymiz! Bugun uchratgan har bir insonga yaxshilik tilaymiz! Togʻlarda boʻlgansiz-a? Unda aks sado berishini eshitganmisiz? Albatta eshitgansiz! Yaxshiliklar ham shunday bugungi moʻjaz yaxshiliklarimiz aks sado kabi oʻzimizga qaytadi. Oʻzimizga qaytuvchi narsalar yaxshi boʻlsin-a, azizim!

Aslida esa SIZ Yaratganning eng goʻzal moʻjizasi- Hazrati Insonsiz! Sizga berilgan neʼmatlar boshqa mavjudotlarga berilmagan. SIZ soʻz va aql qudrati sohibisiz! Oʻzingizni munosib tuting!

Xayrli va mazmunli kun tilayman aziz, qalbi beg'uborlarim!

@moychechak_ifori
8.9K views00:58
Ochish/sharhlash
2023-06-30 19:30:18
Ona, sizga aytolmagan, daryo daryo dardlarim bor....

@moychechak_ifori
30.0K viewsedited  16:30
Ochish/sharhlash
2023-06-30 15:36:13
Har kun, har lahza “Hayot kitob”ingizni yaxshi kayfiyat, shukronalik va samimiy quvonch bilan toʻldiring-ki, sahifalarini ortga qaytarib varoqlaganingizda umringizni goʻzal yashayotganingizni his qiling.

Goʻzal, maftunkor, quvonchlari osmon beg‘uborim! Bugungi kun uchun, munosib bo‘lganlaringiz uchun shukur ayting. Siz bebahosiz!

@moychechak_ifori
8.4K views12:36
Ochish/sharhlash
2023-06-30 12:26:32
Oshiqlarning vidosi emas, vafosi bo‘ladi. Alvido demang, alfido bo‘ling!

Oshiqlarga salom bo‘lsin

@moychechak_ifori
7.9K viewsedited  09:26
Ochish/sharhlash
2023-06-29 14:09:50
Ibratli misol

Atrofni tozalash uchun toza odamlarni atrofingizga yig‘ing!

@moychechak_ifori
9.0K views11:09
Ochish/sharhlash
2023-06-29 04:55:22
Allohim, senga, sen bergan ne'matingga shukur.... Sevimli etib yaratganingga, o‘zingga, atrofga suyukli qilganing uchun shukur!

@moychechak_ifori
9.2K views01:55
Ochish/sharhlash
2023-06-28 06:40:43
Lablardan terilar dur kabi tilak,
Dil mohi taratgan nur kabi tilak.
“Qabul et!” deb turar har bitta malak,
Moʻmin suyangan togʻ Hayit muborak...!

Assalomu alaykum, qalbi iymon nuriga, saodat, adolat nafasiga burkangan qadrdonim!

Keyingi Qurbon hayitlarini ominlikda muborak haj safarlarini ado etgan holda, masjidlarimiz namozhonlarga toʻlgan holda, qurbonliklarni bemalol amalga oshirgan holda, bir-birlarimiz bilan diydorlashib, ziyorat qilgan holda oʻtkazishni Mehribon Ulugʻ Zotdan duo qilib soʻrayman!
Barcha musulmonlarga mustahkam iymon, koʻtarinki ruhiyat, kuchli umid, mukammal shukr va goʻzal sabr tilayman.
Oʻtganlarimizni Alloh rahmat aylasin! Bemorlarimizga shifoyi komil bersin! Barchamizni bir-birlarimizga nisbatan mehribon qilib, oralarimizda mehr va muhabbatga asoslangan rishtalarni bardavom aylasin!

Qurbon hayiti barchamizga muborak boʻlsin! Qalbimizni hamisha iymon, saodat, muhabbat nurlari bezab tursin.

Mohinur Saidova Jonpo'latovna

@moychechak_ifori
15.3K views03:40
Ochish/sharhlash
2023-06-24 04:11:17
Allohdan keladigan mo'jizalarga ehtiyojimiz bor...

Ba'zida dunyo sinovlari oldida dovdirab qolamiz, bir muddat hamma narsa tugagandek, dunyo ustimizga do'l kabi yog'ilgandek tuyiladi... Hech kim, hech nima bizni yupata olmaydigandek...
Zerikib ketamiz...
Atrofdan....
Odamlardan...
Hamma hammasidan....
Shunday vaziyatda bir gapni doim eslang...
Siz Allohimga suyuklisiz...
Siz xudo suygan bir bandasizki, sizga sinov, sabr, kuch, go'zal qalb berilgan.... Bu qalb oltinga o'xshaydi.... Sinovlarda zanglab qolmaydi, rangini sira o'zgartirmaydi...
Qaytaga har safar ishlov berilganda qiymati balandlashaveradi....
Qalbi osmonim, sinovlarda to'xtab qolmang, siz men uchun, biz uchun Alloh yuborgan mo'jizasiz.... Men bunga ishonaman

Oy_Nur


@moychechak_ifori
15.8K views01:11
Ochish/sharhlash