🔥 Burn Fat Fast. Discover How! 💪

​​Muallifini eslolmadim, qaysidir mashhur tarixiy shaxs edi, m | «Аkademnashr» nashriyoti

​​Muallifini eslolmadim, qaysidir mashhur tarixiy shaxs edi, mazmuni taxminan shunaqa: "Agar menga daraxt kesish uchun besh soat vaqt berishsa, shundan uch-toʻrt soatini boltani charxlashga sarflayman".

Boltani yaxshi charxlamay turib ish boshlaganim oyoqqa tepdi, juda koʻp vaqt va energiyam ketib qola boshladi. Bu esa ham ruhan, ham jismonan charchatdi. Ayniqsa soʻngi kunlarda umuman ishimda unum boʻlmay qoldi. Oxiri hammasini tashladim. Bir-ikki oy, balki butun yoz boltani charxlashga sarflayman. Bu oʻzimga yoqqan, zavqli mashgʻulot boʻlgani uchun qiyinchilik tugʻdirmaydi. Shu bilan birga dam olish, kayfu safo, ayniqsa mutolaaga koʻproq vaqt ajratmoqchiman. Shuningdek anchadan beri oʻylab, vaqt va hafsala yoʻq uchun ortga surib yurgan ba'zi ishlarga ham harakat qilib koʻrmoqchiman. Bugun shu masalada Akademnashrga maslahatga oʻtgandim. Quyidagi kitoblarni sovgʻa qilib kuzatib qoʻyishdi.

Oʻqiyman degan kitoblarim koʻp hollarda maqsadli ravishda emas, tasodifan qoʻlimga keladi, yoki oʻzim unga borib qolaman. Masalan, Baxtiyor Abdugʻafurning "bosmachilar" haqidagi kitobiga necha yildan beri qiziqardim, tariximizning shu davri haqida barmoq bilan sanarli adabiyotlardan biri.
Somerset Moemning hikoyalarini oldin sifatsiz nashrda oʻqigandim. Mahsulot sifatida bu toʻplam ajoyib chiqqan.
Sayfiddin Qutuz haqida esa oʻzim ham yaqinda bildim. Koʻpchilik Jaloliddin Manguberdini taniydiyu, ammo moʻgʻullarga undan ham qaqshatqichroq zarba bergan, oʻsha hududlarda qahramon sifatida ulugʻlanadigan tarixiy shaxs, Jaloliddin Manguberdining jiyani haqida koʻpchilik bilmaydi.
Va eng muhimi Nazar Eshonqulning "Kitob bandasi". Xuddi adabiyot borasida oʻzimga hamsuhbat topib olgandayman. Yoʻldayoq ancha-munchasini chuqqalab oʻqib qoʻydim u yoq bu yogʻidan. Shu kunlarda tinimsiz kitob oʻqigim kelyapti...

@salimov_blogi