Get Mystery Box with random crypto!

Qalbimga Yur, ketamiz, qalbim, ketdik Sen istagan tomonlarga. | Baxtiniso Mahmudova

Qalbimga

Yur, ketamiz, qalbim, ketdik
Sen istagan tomonlarga.
Bu dunyoni qoldiramiz
Ishqdan rangi somonlarga.

Yur, ketamiz, qalbim, ketdik
Vafo bo’yli yurtlar sari.
Ortimizdan “xayr” desin,
Hijron, armon manzillari.

Yur, ketamiz, qalbim, ketdik
Umidlarni bayroq etib.
Barcha alam erib ketar,
Quyoshzorga borsak yetib.

Yur, ketamiz, qalbim, ketdik
Sog’inchlarga bo’lib singil.
Balki seni unutmagan,
Sen sog’ingan o’sha ko’ngil.

Yur, ketamiz, qalbim, ketdik,
Sen istagan tomonlarga.

@baxtiniso