Get Mystery Box with random crypto!

*** Men bariga ko‘ndim, Oydin fasllar Ko‘zimga ajinlar soli | Baxtiniso Mahmudova

***
Men bariga ko‘ndim,
Oydin fasllar
Ko‘zimga ajinlar solib o‘tadi.
Nechun
Bir dil istab,
Boshimni qo‘ysam,
Tunning yelkalari tolib o‘tadi?

Men bariga ko‘ndim.
Eshik ochilar.
Men intiq shamollar kelmaydi kirib.
Garchi, ostonamda gullar qadamlar,
Garchi, tomonlarni olaman terib.

Men bariga ko‘ndim...
Hammasi yaxshi,
Hammasi joyida,
G‘am yo‘q g‘amimga.
Faqatki, yuragim... behuzur, beshon,
Ming yilki, ko‘nikmas ko‘nikkanimga.

Men bariga ko‘ndim...

@baxtiniso