Get Mystery Box with random crypto!

Ayni kunlarda hammaning diqqat e'tibori epidemiyada bo'p turga | DaniyarovUz

Ayni kunlarda hammaning diqqat e'tibori epidemiyada bo'p turgan bir paytda shaxsiy tanqidiy fikrlar ko'ngilga sig'masa kerak. Ushanchun saviyasiz bo'lsa ham bir-ikki og'iz gapirib o'tay.

Toshkentning va umuman qator tumanlar-u yo'llarning yopilishi ko'pchilikda vahima uyg'otishi tabiiy. Keling, mavzuga miyyamizning mavhum, eng ichki anonim hujayralari orqali yondashib ko'ramiz, va bu unchalik ham vahimaga arzimasligini o'zimiz uchun tushunib olamiz.

Sizga aytsam hammasi o'z qo'limizda. Uyda o'tirsak bas. Qarang, agarda hamma o'zi ongli ravishda, zarurat bo'lmasa ko'chaga chiqmasa, karantin qoidalariga qat'iy amal qilsa bundayin ta'qiqlarga hojat ham qolmaydi. Chunki hamma birlashadi, uydan chiqmasdan hukumatning epidemiyaga oid chora tadbirlariga yordam bergan bo'ladi. Bu esa bir-biridan vahimali ta'qiqlarni joriy etilmasligiga sabab bo'ladi.

Toshkentning yopilishi ayniqsa shov-shuvga sababchi bo'ldi. Shunday qilinmasa ham bo'lmasdi. Odamlarimiz bunadayin favqulotda holatlarga o'rganmagan. Boshimizdan o'tmaganda. Lekin yana bir bor asabingizni qitiqlab, usiz ham har daqiqada eshitayotgangiz #uyda_qoling deya birdamlikga chorlab qolaman!

@toshkentlik_olifta