Get Mystery Box with random crypto!

Qanday qilib TOP Universtetlarga grant yutib olish mumkin? To | English with Ali | EngUSA

Qanday qilib TOP Universtetlarga grant yutib olish mumkin?

Topshirayotgan universitetga “NEED BASED” yoki “MERIT BASED” grantini tanlab oling.

Ya’ni “NEED BASED” sizning barcha harajatlaringizni qoplab beradi va bu asosan sizning oilaviy sharoitingizdan kelib chiqib beriladi.
“MERIT BASED” granti esa sizning qisman harajatlaringizni qoplab beradi va bu grant turi barcha institutga qabul qilinganlarga taklif qilinadi.

Grant yutish uchun xujjat topshirish jarayoni:

IELTS va SAT sertifikatlari universitetga kirish jarayonida filtratsiya jarayonini o’tib beradi, ya’ni bu hujjat topshirgan talabalar orasida universitetning eng kam kerakli bo’lgan ko’rsatkichlaridir. Demak universitet faqat sizning IELTS va SAT yuqori olgan natijangizga qarab grant bermaydi.

1. Nima uchun IELTS kerak?
U yordamida sizning ingliz tili bilimlaringiz tekshiriladi, lekin agar siz xalqaro litseylar va maktablarda o’qigan bo’lsangiz yoki qolgan ko’rsatkichlaringiz (SAT, GMAT, TOEFL) yaxshi bo’lsa, IELTS talab qilinmaydi.

TOP Universitetlarga tavsiya etilgan IELTS ballar min 7-7.5 ball.

2. SAT topshirish kerak. (Ingliz tili va matematika bilimlaringizni tekshirish uchun)
Topshirayotgan universitetingizni saytidan o’qiyotgan talabalarning SAT ko’rsatkichi bo’yicha aniqlab olsangiz boladi.
Tavsiya etilgan SAT ball 1500+.

3. Hayotdagi maqsadingizni aniqlab oling (motivational letter, resume, experience va portfolio)

O’zingizning hamma yutuqlaringizni va natijalaringizni yig’ishingiz kerak bo’ladi.

4. Interview qismi (universitetning professorlari siz bilan suhbat qiladi)

Universal retsept yo’q, o’zingizning kuchli tomoningizni aniqlab, fokusingizni usha joyga qarating.


Admin bilan bog'lanish

More video lessons and tests

Telegram | Who am I | Website | Learning centre