Get Mystery Box with random crypto!

To be fe'lini qo'llanilishi to be fe'li hozirgi va kelasi | Improve your English

To be fe'lini qo'llanilishi
to be fe'li hozirgi va kelasi zamonda fe'lning infinitiv shakli bilan qoʻllanilib, modal ma'noga ega boʻladi. Bunday qurilma hozirgi yoki kelasi zamonda oldindan belgilangan kelishuv yoki rejaga bog'liq boʻlgan majburiyatni bildiradi.
I am to +V1
He/she/it is to+V1
We/you/they are to+V1

They are to begin this work at once. (Ular ishni darhol boshlashlari kerak.)
He is to come at 12.30 oʻclock. (U oʻn ikki yarimda kelishi kerak.)

Oʻtgan zamonda esa oldindan kelishilgan ish-harakat amalga oshishi kerak boʻlganini bildiradi. Ish-harakat amalga oshgan yoki oshmaganligi gapning mazmunidan ma'lum boʻladi.
I was to+V1
He/she/it was to+V1
We/you/they were to+V1

I was to send him a telegram but I forgot. (Men unga xat joʻnatishim kerak edi, ammo esimdan chiqibdi.)
They were to come here at 12.30. (Ular bu yerga oʻn ikki yarimda kelishlari kerak edi.)