Get Mystery Box with random crypto!

Men oʻquv-markazdagi bir qizni juda qattiq sevib qoldim. Hozir | HeartCouncil_Uz

Men oʻquv-markazdagi bir qizni juda qattiq sevib qoldim. Hozir 15-aprel. Ammo men uni 3-martdan buyon har daqiqa ishqida yonaman. Oʻsha 3-mart soat 1 larda u bilan birinchi partada yonma-yon oʻtirgan edik. Oʻsha kundan har kuni ustiga nima kiyib keladi-yu, u bilan qanday voqealar sodir boʻladi - hammasi yodimda. Hech chiqmaydi.

Tabiatan juda tortinchoq bolaman. (Balki, qoʻrqoq deyilar mendakalar)
Xullas bu yogʻi ahamiyatsiz.

Uni birinchi koʻrganimdayoq sevib qolganman.

P/s: ilk koʻrganda ham muhabbat boʻlishi mumkin - mumkin_emas deb bahslar qiladiganlar ham bor edi :)

Ilk koʻrgandan sevdim deb maqtanmoqchimasman. Lekin bu birinchi muhabbatim. Balki shu maqtanishga arzir?
Bungacha hech sevmaganman.
Ehtimol, yuqorida aytganimday, tortinchoq bola ekanligim bunga toʻsqinlik qilgandir, lekin nima boʻlsa ham hozirgi aytayotgan qizim — birinchi muhabbatim.

Unga bugun, nihoyat, tanishmoqchi boʻlib, kutib turib, izidan bordim.
Gaplashdim. 2001-yil qiz ekan. Normal gaplashdik/suhbatlashdik.

Men 2004-yilman. U biroz kattaroq. Yigiti ham bordek, tahminimcha. Ammo bular men uchun umuman ahamiyatsiz.

U bilan sevishmoqchiman / sevmoqchiman. Uni baxtli qilmoqchiman.

Maqsadlarim aniq. Ammo ayni dam hayolimdan har xil oʻy-fikrlar oʻtayapti. Shuning uchun, koʻpchilikdan maslahat olishni istayman.

Iloji boʻlsa, maslahat ham olmoqchiman. Koʻproq qizlardan.

@HeartCouncil_Uz