Get Mystery Box with random crypto!

Assalomu aleykum hammangizga. Ozroq muammo bor edi menda shung | HeartCouncil_Uz

Assalomu aleykum hammangizga. Ozroq muammo bor edi menda shunga sizlarni maslahatlaringiz kerak. birinchi marta menda bunday bo'lishi. Men hozir 19 yoshdaman men maktabda(9-sinf) o'qib yurgan paytlarim sinfdoshimni yaxshi ko'rib qolgandim va yana bir sinfdosh do'stim ham u qizni yaxshi ko'rardi. Men u paytlar uyatchang bola bo'lganman ( tan olaman) shu sabablimi u qizga sevishimni aytolmaganman . U Qiz esa sinfdoshimni tanladi. sinfdosh do'stim esa qiz ni biroylardan keyin uni tashlab ketti. Men bu ishlarni yig'ishtirib o'qishga qaror qildim keyin va o'qidim(tayyorlandim) va o'qishga ham kirdim(1-Grand). xudoga shukur hammasi yaxshi hozir. Endi tushunib yetdimki bularni hammasi o'tkinchi narsalar edi. va endi hayot qanday ekanligini va nimalardan iborat ekanligini tushuna boshladim. Xullas bir kuni(dekabr oylarida ) men u qizga telegramdan Yozdim bir necha kun u ham javob yozardi va keyin bir kuni telefon qiladigan bo'ldim. Shu telefon qilganimda unga yaxshi ko'rishimni unga uylanish niyatim bor ekanligini aytdim. U boshqa hechkimga ishonmasligini aytdi. keyin 3 kundan keyin telefon qilib mayli ishonaman dedi. Men u meni o'yin qilayotgan deb o'yladim. (shubhalandim) va hech narsa demadim) shunday har kuni gaplashishda davom etdik. 2 haftalardan keyin u menga Telegramdan yozdiki " uyiga xolasi tomondan sovchilar kelgani uyidagilar undan fikrini so'ragani va u menga turmushga chiqmoqchiligini aytibdi" Men dovdirab qolgandim bu jiddiy narsa bo'lb ketganidan. va ung sovchilarga ha deyishini aytdim.U hayron bo'ldi Nega dedi axir aytgandinku dedi indamdim keyin u yozmadi men ham yozishga botina olmadim. keyin tug'ilgan kunida(12-mart) unga tabrik yozdim. oradan bir necha kun o'tib yana yozdim u javob berardi va yana 2 haftalar o'tib urushib qoldik u menda n nega unga yozayotganimni soradi avval baxt tilab qoyib endi nima istayapsan dedi? U haliyam meni yaxshi ko'rardi (gaplaridan sezardim). shu payt unga ichimdagi bor narsani aytishni shu darajada xohladimki lekin aytolmadim U maktabda meni emas sinfdosh do'stimni tanlagani uchun g'ururim yo'l qoymadimi yoki keyin u meni maqsadlarimdan chalg'itishidan qo'rqdimmi bilmayman xullas xozir urushib qolganmiz.

Qiziq: Dunyo qarashimiz bir biriga to'gri kelmaydi doim urushamiz, Men uni sevamanmi yoki yo'q buni o'zim ham bilmayman lekin turmush o'rtog'im o'rnida undan boshqasini umuman tasavvur eta olmayman.

Hullas maslahat beringlar nima qilay Tinchgina maqsad sari qandam bosaymi yoki ko'ngilga ham ozgina yonbosaymi?

O'qiganingiz uchun minnatdorman.

Boshqa ijtiomoiy tarmoqlardagi profillarimizni kuzating