Get Mystery Box with random crypto!

​​​​97-dars. 'Some / Any / No' (davomi) Some bilan yasal | @InglizTili_IELTS_UZ

​​​​97-dars.

"Some / Any / No" (davomi)


Some bilan yasalgan barcha olmoshlar tasdiq gaplarda ishlatiladi.

Anybody va anyone olmoshlari so‘roq va inkor gaplarda “kimdir”, “biror kishi”, “hech kim” kabi ma’nolarda ishlatiladi.

Can anybody/anyone help? (it does not matter who)
Biror kishi yordam bera oladimi? (kim bo‘lishidan qat’i nazar)


Anything olmoshi so‘roq va inkor gaplarda “nimadir”, “biror narsa”, “hech narsa” kabi ma’nolarda ishlatiladi.

Did he tell you anything about that accident?
U sizga o‘sha baxtsiz voqea haqida biror narsa aytib berdimi?


Anywhere olmoshi so‘roq va inkor gaplarda “biror yer”, “biror yoq”, “biror joy”, “hech yer”, “hech qayer” kabi ma’nolarda ishlatiladi.

Will you go anywhere this weekend?
Bu dam olish kunlari biror yoqqa borasizmi?


Nobody/no-one faqat inkor gaplarda “hech kim”, “hech kimsa” kabi ma’nolarda ishlatiladi va not anyone o‘rnida qo‘llanishi mumkin.

Nobody needs to worry about ice storms in Jamaica.
Yamaykada hech kim qorbo‘ron haqida qayg‘urmaydi.


Nothing olmoshi faqat inkor gaplarda “hech narsa” ma’nosida ishlatiladi.

Nothing of their plans was known to me.
Ularning rejasi haqida hech narsa bilmas edim.


Nowhere olmoshi faqat inkor gaplarda “hech yer”, “hech yoq” kabi ma’nolarda ishlatiladi.

Nowhere have I seen so many beautiful houses.
Men bunday chiroyli uylarni hech qayerda ko‘rmaganman.



@InglizTili_IELTS_uz - Ingliz tilini birga oʻrganamiz!