Get Mystery Box with random crypto!

​​ ​​​​109-dars. Modal Verbs - Modal fe'llar (davomi) Um | @InglizTili_IELTS_UZ

​​ ​​​​109-dars.

Modal Verbs - Modal fe'llar (davomi)

Umumiy ma'lumotlar

Ingliz tilida modallik (ish-harakatga munosabat) ma'nosini ifodalovchi maxsus fe'llar modal fe’llar deyiladi. Ular yordamchi fe’llar bo'lib, ish-harakatning bajarilish imkoniyati, qobiliyati, ehtimolligi, zaruratini ifodalaydi.

Ko’p modal fe’llar birdan ortiq ma’noni anglatadi. Mazkur fe'llar barcha shaxslarda bir xil bo'ladi, ya'ni ularga "-s", "-es" kabi qo'shimchalar qo'shilmaydi.

Quyidagilar eslab qolish zarur bo’lgan asosiy modal fe’llar sanaladi:

can – qila olmoq, qo’lidan kelmoq (qobiliyat)

could – "can"ning o’tgan zamon shakli

must – zarur, shart (majburiyat)

have to – kerak, qilishga to’g’ri keladi

may – mumkin (imkoniyat, ehtimollik)

should – zarur, lozim (maslahat)

need to – kerak, zarur (zaruriyat)


@InglizTili_IELTS_uz - Ingliz tilini birga oʻrganamiz!