Get Mystery Box with random crypto!

NamMQI talabalari “REGISTON STIPENDIYASI” tanlovi gʻolibi boʻl | Makhmudov's blog

NamMQI talabalari “REGISTON STIPENDIYASI” tanlovi gʻolibi boʻldi!

Respublika miqyosida Registon ta’lim loyihasi, Oliy ta’lim vazirligi va OLIYGOH.UZ platformasi hamkorligida talabalar uchun "REGISTON STIPENDIYASI" tanlovi e’lon qilingan edi.

Tanlovda ishtirok etgan nomzodlar 2 oy davomida 3 bosqichdan iborat bo‘lgan imtihon tizimida o‘z bilimlarini sinovdan o‘tkazishdi.

Ushbu tanlovga Respublika bo‘ylab turli hududlardan 80 mingdan ziyod talabalar ro‘yxatdan o‘tdi va tanlov ishtirokchilariga aylanishdi. Tanlov komissiyasi tomonidan xalqaro toifadagi stipendiya loyihalarini o‘rgangan holda nomzodlarning natijalarini e'lon qildi.

Ular qatorida Qurilish fakulteti 4-bosqich talabasi Jaloliddin Mahmudov va Mashinasozlik fakulteti 4-bosqich talabasi Jaloliddin Yigitaliyev ham bor. Yigitlarimizni ushbu muvaffaqiyat bilan tabriklaymiz!

Stipendiya tanlovi g‘oliblari “Registon stipendiyasi sohibi” maxsus guvohnomasi, esdalik sovg‘alar, pul yutuqlari bilan tantanali ravishda taqdirlanadi.