Get Mystery Box with random crypto!

Davlatobod tumanidagi 'YANGI O‘ZBEKISTON YOSHLAR ZIYO MASKANI' | Makhmudov's blog

Davlatobod tumanidagi "YANGI O‘ZBEKISTON YOSHLAR ZIYO MASKANI" kutubxonasida "Mirzo Ulug‘bek vorislari" Respublika tanlovining Namangan viloyati bosqichi boʻlib oʻtdi.

Mazkur tanlovning viloyat bosqichida Namangan viloyatining tuman va shaharlarida g‘olib bo‘lib, viloyat bosqichi yo‘llanmasini qo‘lga kiritgan institutining 16 nafar iqtidorli talabalari o‘zlarining innovasion g‘oyalari bilan ishtirok etishdi.

Maxmudov Jaloliddin; (Qurilish fakultet 4-bosqich talabasi)

Gʻulomjonova Shaxzoda; (Iqtisod va boshqaruv fakulteting 1-bosqich talabasi)

Valijonova Husnobod; (Enargetika va mehnat muhofazasi fakulteting 2-bosqich talabasi)

Sobirov Shoxjahon; (Sanoat axborotlashtish fakultetining 3-bosqich talabasi)

Komoliddinov Murodjon; (Sanoat axborotlashtish fakultetining 3-bosqich talabasi)

Joʻraboyev Dilshodbek. (Transport fakultetining 3-bosqich talabasi)

Kuydagilar tanlovda gʻolib boʻlib Respublika bosqichiga tavsiya etildilar va bazaviy hisoblash miqdorining 10 baravari (2 700 000) soʻm miqdorida pul mukofotlari va sertifikat bilan taqdirlandilar.

Shuningdek, mazkur tanlovning tuman va shahar bosqichlarida g‘olib bo‘lgan 16 nafar institutining iqtidorli talabalariga eng kam oylik ish haqining 5 barabari (1 350 000) soʻm miqdorida pul mukofotlari topshirildi.

Kuni kecha Andijon viloyati bosqichida:

Noʻmonjonov Axrorbek (Transport fakultetining 3-bosqich talabasi) ham gʻolib boʻlgandi.

Shu tariqa institutining 7 nafar iqtidorli talabalari tanlovning respublika bosqichida ishtirok etadilar.

NamMQI media markazi