Get Mystery Box with random crypto!

Oʼzbekiston Respublikasi Markaziy banki tashabbusi bilan yurti | MKBANK

Oʼzbekiston Respublikasi Markaziy banki tashabbusi bilan yurtimizda keng qamrovda oʼtkazib kelinayotgan “Umumjahon pul haftaligi” (Global money week) doirasida “Mikrokreditbank” tomonidan Namangan viloyati taʼlim-tarbiya muassasalarida “Moliyaviy savodxonlik boʼyicha eng yaxshi dars” tanlovi tashkil etildi.

Mazkur tanlovda Namangan viloyati 49-ixtisoslashtirilgan davlat umumtaʼlim maktabi iqtisodiy bilim asoslari fani oʼqituvchisi Shomaraliev Rafiqjon Maxsudovich “Oilada moliyaviy savodxonlik” mavzusida tayyorlagan ochiq dars mashgʼuloti bilan gʼolib deb topildilar.

Gʼolib oʼqituvchi hamda maktab fondiga bankimiz tomonidan qimmatbaho sovgʼalar topshirildi.

#mikrokreditbank
#GMWUzbekistan
#LearnSaveEarn
#financialliteracy
#UzbekistanGMW2021

Telegram | Facebook | Instagram | You tube