🔥 Burn Fat Fast. Discover How! 💪

Chet tilini bilish darajasini aniqlash test sinovlari bo‘lib o | MILLIY SERTIFIKAT

Chet tilini bilish darajasini aniqlash test sinovlari bo‘lib o‘tdi

2024-yil 11-12-may kunlari chet tilini bilish darajasini aniqlash test sinovlarining yozma (tinglab tushunish, o‘qish, yozma ish) qismi bo‘lib o‘tdi.

Test sinovlari talabgorlarga qulay bo‘lishi uchun Qoraqalpog‘iston Respublikasi, viloyatlar va Toshkent shahrida tashkil etildi.

Unda jami 39,3 ming nafardan ziyod talabgor ishtirok etdi va 69 nafar talabgor tartib-qoidani buzgani uchun test sinovidan chetlatildi.

Test sinovlarida ishtirok etgan talabgorlar uchun gapirish ko‘nikmasini baholash imtihonlari 13-maydan 12-iyunga qadar bo‘lib o‘tadi(dam olish kunlaridan tashqari).

Shuningdek, 2024-yil 14-15, 18-19-may kunlari ham chet tilini bilish darajasini aniqlash test sinovlarining yozma (tinglab tushunish, o‘qish, yozma ish) qismi bo‘lib o‘tadi.

Izoh: Test sinovi natijalari Vazirlar Mahkamasining qaroriga muvofiq imtihonlar to‘liq yakunlangandan so‘ng bir haftada e’lon qilinadi.

Kanalga ulanish:
@milliy_sertifikat