Get Mystery Box with random crypto!

Kimyo va geografiya fanlaridan milliy sertifikat imtihoni uchu | MILLIY SERTIFIKAT

Kimyo va geografiya fanlaridan milliy sertifikat imtihoni uchun ruxsatnomalar e’lon qilindi

2024-yil 26-may (yakshanba) kuni bo‘lib o‘tadigan kimyo va geografiya fanlaridan milliy sertifikat imtihoni uchun ruxsatnomalar e’lon qilindi.

Test sinovida ishtirok etadigan talabgorlar ruxsatnomani my.gov.uz saytining “Mening arizalarim” bo‘limidan olishlari mumkin.

Ruxsatnomada talabgorlar qachon, qayerda test sinovida ishtirok etishi ko‘rsatilgan bo‘lib, talabgorlardan belgilangan vaqtdan kechikmagan holda kelish so‘raladi.

Talabgorlar test sinovi o‘tkaziladigan binolarga shaxsini tasdiqlovchi hujjat (pasport yoki ID-karta) asosida 1-smenada 07:30 dan boshlab (test sinovi 09:00 da), 2-smenada 12:30 dan boshlab (test sinovi 14:00 da) kiritiladi.

Test sinoviga kechikkan yoki kelmagan talabgorlar uchun qo‘shimcha imtihon o‘tkazilmaydi.

Kanalga ulanish:
@milliy_sertifikat