Get Mystery Box with random crypto!

Sertifikatlarning amal qilish muddati va ularni tekshirish #Ab | MILLIY SERTIFIKAT

Sertifikatlarning amal qilish muddati va ularni tekshirish
#Abituriyent #Sertifikat #Qabul2024

Abituriyentlarda chet tili yoki umumta’lim fanidan milliy sertifikat mavjud bo‘lsa, sertifikat to‘g‘risidagi ma’lumotlar abituriyentlarning shaxsiy kabinetida avtomatik tarzda aks etadi. Mazkur sertifikatlarni dasturga kiritish talab etilmaydi.

Agar abituriyentda xalqaro sertifikat mavjud bo‘lsa, ro‘yxatdan o‘tishda sertifikat ma’lumotlarini dasturga (my.uzbmb.uz saytiga) kiritish lozim.

Dasturga kiritilgan sertifikatlarning haqiqiyligi va belgilangan talablarga mosligi Bilimni baholash agentligi tomonidan tekshiriladi va ularga 3 xil status beriladi:

Sertifikat dasturga kiritilganda – “Tekshirilmoqda”.

Sertifikatning haqiqiyligi va imtiyoz berish uchun talabga javob berishi aniqlanganda – “Tasdiqlandi”.

Sertifikatning haqiqiyligi tasdiqlanmasa yoki imtiyoz berish uchun talabga javob bermasa – “Tasdiqlanmadi”.

Bunda sertifikat abituriyent tomonidan noto‘g‘ri yuklanib, rad etilgan taqdirda, sertifikatni qayta yuklash mumkin.

Izoh: Sertifikatlarni tekshirish murakkab jarayon bo‘lib, ma’lum vaqt talab etadi.

— — —

Milliy sertifikatlarning amal qilish muddatini hisoblashda abituriyent ro‘yxatdan o‘tgan sana mezon sifatida olinadi.

Misol uchun, sertifikatning amal qilish muddati 20-iyun kuni yakunlansa:

Abituriyent 20-iyungacha bo‘lgan muddatda ro‘yxatdan o‘tsa, sertifikat inobatga olinadi.

Abituriyent 21-iyun kuni yoki undan keyin ro‘yxatdan o‘tsa, sertifikat inobatga olinmaydi.

— — —

Xalqaro sertifikatlarning amal qilish muddatini hisoblashda sertifikat dasturga yuklangan sana mezon sifatida olinadi.

Misol uchun, sertifikatning amal qilish muddati 20-iyun kuni yakunlansa:

Abituriyent sertifikatni 20-iyungacha bo‘lgan muddatda dasturga kiritsa, sertifikat inobatga olinadi.

Abituriyent sertifikatni 21-iyun kuni yoki undan keyin dasturga kiritsa, sertifikat inobatga olinmaydi.

Kanalga ulanish:
@milliy_sertifikat