🔥 Burn Fat Fast. Discover How! 💪

Va nihoyat ... 1. Bugun bitta aka bilan yaxshgina tortishuvda | "MURODBEK"BLOG

Va nihoyat ...

1. Bugun bitta aka bilan yaxshgina tortishuvdan keyin, kelishib oldik.(Nechanchiligini bilmayman, lekin juda kamchilikdan bittasi, juda kamchilikdan)

2. Ancha gap, ancha misollardan keyin nima deyotganingni anglashi zo'r tuyg'u ekan.

3. Bungacha ko'pchilik bilan ba'zi masalalarda shunaqa tortishar edim. Men uni eshitardim, nima demoqchiligini tushunganday edim (menga shunaqa tuyuladi), lekin navbat ularga kelganda ular na eshitardi, na eshitganining to'g'riligi haqida o'ylab ko'rardi(menimcha).

4. Bu holatlarning oxiri xech nimaning o'zgarmasligi bilan tugardi.

5. Aaancha alam qilardi, ketgan vaqtimga achinardim bir necha kun o'ylab ham yurardim.

6. Oxiri umuman tortishmaslikka, nima bo'lsa ham indamaslikka harakat qilardim. Bu ancha ish berdi. Avvalgiga nisbatan kamroq tortishayabman. Ammo ba'zan jim tura olmay qolaman ....

7. Xulosalarim shu bo'lganki birov bilan tortishayotganda (fikr almashayotganda) uning fikrlarini ham o'ylab ko'rish ham ulug' ne'mat ekan.

8. Murosani esa shu sohadagi ekspert qiladi. Ammo ba'zilarga baribir foydasi yo'q.

9. Shuning uchun bu "jang" larda yutishning eng yaxshi usullaridan biri uni shunchaki tark qilish. Yoki bo'lmasam, uning xatoligini amalda ya'ni qo'llab ko'rsatishda ekan,

10. Siz nima fikrdasiz?

@murodbekblog