🔥 Burn Fat Fast. Discover How! 💪

Konsta - Odamlar ucha olar! Ona qarang odamlar ucha olar Qano | Rezcaze

Konsta - Odamlar ucha olar!

Ona qarang odamlar ucha olar
Qanotlari yo'q, qanotlari yo'q
Bulutlarni maxkam ushab olar
Ona qarang odamlar ucha olar
Ona qarang, odamlar ucha olar
Qaniydi men ham yetsam ularga
Ana qarang axir, mendaqa o'sha bola
Bu yerlardan uchib ketsa bo'lar ekan
Ona qarang odamlar ucha olar
Qanotlari yo'q, qanotlari yo'q
Bulutlarni maxkam ushab olar
Ona qarang odamlar ucha olar
Ona qarang, odamlar ucha olar
Ona qarang o'tib kettim ulardan
Axir ko'pu menga o'xshagan bollar
Ular ham menga o'xshab ucha olarkan

Bu so'zla tanish o'zimga o'xshaganlarga
Xar bitta shansni maxkam ushaganlarga
Oylab do'stla bilan ko'rishmaganlarga
Qiziqib emas majbur ishlaganlarga
Kimga bayram edi chindan yangi yil
Akasidan keyin kiyganlar kiyim
Oldin ishlab oqlab, yeganlar keyin
Orzuga ishonib, chidab keganlargayam
Bizga baxt uchun ko'p narsa kerak emas edi
Qorboboni kutardik har yili kemasada
Hayot titanik bo'sa, biz ishchilar kemasida
Bayramlar ko'pu, lekin ular bizziki emas edi
Bu ko'chada hich kim balenciaga kiymas edi
Ota onalarda ham ma'lumot oliymas edi
Shu sabab ular mayli bolalarim o'qisin dedi
Bizda bo'magan hayot ularda bo'sin dedi
Hamma narsamizni tikdik o'qishga
Diplom olib kirdik ishga
Lekin negadir hayot o'sha o'sha
Xuddi qamoq, shoushank
Ona qarang bo'sslarni diplomi yo'q
Dada ularni uyida ketmoni yo'q
Bizni aldab qoldirishdi bir dona yo'l
O'ylashdi bizda uchish imkoni yo'q

Ona qarang odamlar ucha olar
Qanotlari yo'q, qanotlari yo'q
Bulutlarni maxkam ushab olar
Ona qarang odamlar ucha olar
Ona qarang, odamlar ucha olar
Qaniydi men ham yetsam ularga
Ana qarang axir, mendaqa o'sha bola
Bu yerlardan uchib ketsa bo'lar ekan
Ona qarang odamlar ucha olar
Qanotlari yo'q, qanotlari yo'q
Bulutlarni maxkam ushab olar
Ona qarang odamlar ucha olar
Ona qarang, odamlar ucha olar
Ona qarang o'tib kettim ulardan
Axir ko'pu menga o'xshagan bollar
Ular ham menga o'xshab ucha olarkan