Get Mystery Box with random crypto!

Yana bir guruh o'quvchilarimizni, eng muhim bosqichlardan bir | RIKS Education

Yana bir guruh o'quvchilarimizni, eng muhim bosqichlardan biri Upper-Intermediate darajasini yakunlaganliklari bilan tabriklaymiz!

IELTS'dan yuqori ball olishingizda General Englishning har bir bosqichini qay darajada yakunlaganingiz muhim o'rin tutadi, chunki asosiy bilim va ko'nikmalarni bu mashaqqatli yo'lning boshida egallaysiz.

Ms Maftuna – mutaxassisligi boʻyicha ingliz tili filologi. Doim oʻz ustilarida tinmay ishlaydigan, seminar va konferensiyalarda doimo faol, British Council, Cambridge Assessment (TKT) kabi xalqaro tashkilotlar tomonidan oʻtkaziladigan testlardan muvaffaqiyatli oʻtgan, eng talabchan ustozlarimizdan biridirlar.

Oʻquvchilariga topshirilgan har bir vazifani toʻliq oʻzlashtirilishiga alohida eʼtibor qaratib, har tomonlama yondashadilar. Mavzularni tushunmagan oʻquvchilarga qayta tushuntirishga hech qachon erinmaydilar!

Bu esa o'quvchilarimiz muvaffaqiyatining muhim omillaridan biridir.