Get Mystery Box with random crypto!

#deklaratsiya 2023-yilda chet eldan pul o‘tkazmasi olgan edim | Soliq xizmati xabarlari - Rasmiy kanal

#deklaratsiya

2023-yilda chet eldan pul o‘tkazmasi olgan edim. Soliq organlari buning uchun soliq hisoblashga haqlimi?

Agar jismoniy shaxs jismoniy shaxsdan pul mablag'i olgan bo'lsa, unda bu daromad soliqqa tortilmaydi va jami yillik daromad to'g'risida deklaratsiya taqdim etilmaydi.

Agar jismoniy shaxs xorijiy yuridik shaxsdan daromad olgan bo'lsa, u holda ushbu daromad 1-aprelgacha taqdim etilishi kerak bo'lgan deklaratsiya asosida soliqqa tortiladi.

Tijorat banklari soliq organlariga xorijiy yuridik shaxsdan jismoniy shaxsning hisobvarag'iga chet eldan kelib tushgan mablag'lar to'g'risida umumlashtirilgan ma'lumotlarni taqdim etadi.

Agar soliq to'lovchi 1-aprelgacha ushbu daromad bo'yicha deklaratsiya taqdim etmasa, soliq organi o'zida mavjud ma'lumotlarga asoslanib soliq hisoblaydi va bu haqda soliq to'lovchini xabardor qiladi. Hisoblangan soliq to'g'risida batafsil ma'lumot aks ettirilgan xabarnomalar soliq to'lovchining shaxsiy kabinetiga yuborilgan. Bunda soliq summasi 1-iyungacha to'lanishi lozim.

Agar soliq to‘lovchining hisoblangan soliq summasiga e'tirozi bo‘lsa va tasdiqlovchi hujjatlarga ega bo‘lsa, u holda ushbu hujjatlarni ilova qilgan holda my3.soliq.uz sayti orqali qayta deklaratsiya taqdim etishi lozim.
__________
#декларация

В 2023 году я получил денежный перевод из-за рубежа. Вправе ли налоговые органы начислить по нему налог?

Если физлицо получило денежные средства от физического лица, то эти доходы не облагаются налогом и декларация о совокупном годовом доходе не представляется.

Если физлицо получило доходы от иностранного юрлица, то эти доходы подлежат налогообложению на основании декларации, которую необходимо представить до 1 апреля.

Коммерческие банки предоставляют налоговым органам обобщенную информацию о поступлении на счет физлица денежных средств из-за границы от иностранного юридического лица.

Если налогоплательщик не представит по этим доходам декларацию в срок до 1 апреля, то налоговый орган на основании имеющейся у него информации имеет право начислить налог и известить об этом налогоплательщика. Уведомление с подробной информацией о начисленном налоге имеется в персональном кабинете налогоплательщика. Налог уплачивается до 1 июня.

Если налогоплательщик не согласен с суммой начисленного налога и у него имеются обосновывающие документы, то ему необходимо подать перерасчет по декларации через сайт my3.soliq.uz с приложением этих документов.

Тelegram |Facebook |Youtube| Instagram |X| Threads