Get Mystery Box with random crypto!

#hamkorlik MDH davlatlarining soliq organlari mijozga yo‘nalt | Soliq xizmati xabarlari - Rasmiy kanal

#hamkorlik

MDH davlatlarining soliq organlari mijozga yo‘naltirilganlik tamoyillarini joriy etish bo‘yicha tajriba almashmoqda

Ayni kunlarda Qozon shahrida “Rossiya – Islom olami: KazanForum” XV Xalqaro iqtisodiy forumi boʻlib oʻtmoqda. Unda 80 ga yaqin davlatlardan 10 mingdan ortiq ishtirokchi qatnashmoqda. 19-maygacha davom etadigan forum davomida 12 ta turli yoʻnalishlar boʻyicha 125 tematik sessiya oʻtkazilishi rejalashtirilgan.

Xususan, bugun, 16-may kuni ushbu xalqaro iqtisodiy forum doirasida davlat boshqaruvi va soliq maʼmurchiligida mijozlarga yo‘naltirilganlik tamoyillarning panel sessiyasi bo‘lib o‘tmoqda.

Unda Soliq qo‘mitasi boshqarma boshliqlari T.Ismailov va D.Xashimova, Soliq servis DUK rahbari Sh.Pardayevlar ishtirok etyapti.

Rossiya Federal soliq xizmati va MDH mamlakatlari soliq organlari vakillari soliq maʼmurchiligini raqamlashtirish, tashqi aloqa tizimini takomillashtirish va soliq to‘lovchilarning murojaat va takliflarini o‘rganish, shuningdek, xizmatlar ko‘rsatish sifatini yaxshilash sohalarida tajriba almashishlari rejalashtirilgan.

Shuningdek, muhokamada ishtirok etayotgan biznes vakillari tijorat sohasida mijozlarga yo‘naltirilgan zamonaviy yondashuvlarni joriy etish bo‘yicha suhbat olib boradi.

Тelegram |Facebook |Youtube| Instagram |X| Threads