Get Mystery Box with random crypto!

#onlayn_NKT Ayrim ijtimoiy tarmoqlarda soliq inspektorlari ta | Soliq xizmati xabarlari - Rasmiy kanal

#onlayn_NKT

Ayrim ijtimoiy tarmoqlarda soliq inspektorlari tadbirkorlarni maʼlum bir turdagi onlayn-NKTlarni sotib olishga majburlash holatlari uchrayotgani haqida xabarlar tarqalmoqda.

Soliq qo‘mitasi ushbu mavzu yuzasidan doimiy ravishda tushuntirishlarini eʼlon qilganini eslatib, qo‘shimcha ravishda quyidagilarni maʼlum qiladi.

Soliq xizmati organlari o‘z vazifalari doirasida naqd pul tushumiga ega bo‘lgan tadbirkorlik subyektlarida onlayn-NKTlardan foydalanish lozimligi bo‘yicha tushuntirish-targ‘ibot ishlarini doimiy ravishda olib bormoqda.

Onlayn-NKT ishlatmasdan faoliyat ko‘rsatayotgan tadbirkorlar yoki davlat ro‘yxatidan o‘tmagan fuqarolarga qonuniy faoliyat yuritish, nazorat-kassa texnikalaridan foydalanish shart ekanligi bo‘yicha meʼyoriy-huquqiy hujjatlarda belgilangan talablar tushuntirilmoqda.

O‘z o‘rnida, tadbirlar davomida qonunchilik talablariga javob bermaydigan onlayn-NKTlardan foydalanish holatlari aniqlangan subyektlarga onlayn-NKTlarning texnik imkoniyatlaridan kelib chiqib tavsiyalar berilishi mumkin.

Eslatma.
O‘zbekiston hududida faqat belgilangan tartibda Davlat reyestriga kiritilgan onlayn-NKTlardan foydalanishga ruxsat etiladi.

Quyidagi talablarga javob bermaydigan onlayn-NKTlardan foydalanishga yo‘l qo‘yilmaydi:

Davlat reyestriga kiritilmagan;
kassa cheklarida mahsulotlar (tovarlar va xizmatlar) yagona elektron milliy katalogi identifikatsiyalash kodlari (MXIK) aks ettirilmaydigan;
shtrix-kodlar va raqamli markirovka belgilarini erkin o‘qish hamda aniqlash qurilmalarini ulash imkoniyatiga ega bo‘lmagan.

Tadbirkorlik subyektlari Davlat reyestriga kiritilgan onlayn-NKM yoki virtual kassalarni narxi, qulayligi, funksionalligi va boshqa jihatlaridan kelib chiqqan holda erkin tanlash huquqiga ega.

VMQ-943-son 23.11.2019-yil
________
#онлайн_ККТ

В некоторых социальных сетях распространяются сообщения о случаях принуждения предпринимателей налоговыми инспекторами к покупке определенных видов онлайн-ККТ.

Напоминаем, что Налоговый комитет на регулярной основе публикует разъяснения по этой теме и в дополнение сообщаем следующее.

Органы налоговой службы в рамках своих полномочий постоянно проводят разъяснительную и просветительскую работу о необходимости применения онлайн-ККТ субъектами предпринимательства, имеющими наличную выручку.

Предпринимателям, осуществляющим деятельность без использования онлайн-ККТ, или гражданам, не прошедшим государственную регистрацию, разъясняются установленные нормативно-правовыми документами требования о ведении законной деятельности и обязательности использования контрольно-кассовой техники.

В свою очередь, в ходе мероприятий при выявлении случаев использования онлайн-ККТ, не соответствующей требованиям законодательства, субъектам могут быть даны рекомендации, исходя из технических возможностей онлайн-ККТ.

Напоминаем:
На территории Узбекистана разрешается использовать онлайн-ККТ, только включенную в установленном порядке в Государственный реестр.

Не допускается применение онлайн-ККТ, не отвечающей следующим требованиям:

не включенную в Государственный реестр;
не отображающую на кассовых чеках идентификационные коды по Единому электронному национальному каталогу продукции;
не имеющую возможности подключения устройств свободного считывания и определения штрих-кодов и цифровой маркировки.

Субъекта предпринимательства вправе свободно выбирать онлайн-ККМ или виртуальную кассу, внесенную в Государственный реестр, исходя из стоимости, функциональности, удобства в использовании и других характеристик.

ПКМ №943 от 23.11.2019 г.

Тelegram |Facebook |Youtube| Instagram |X| Threads