Get Mystery Box with random crypto!

#qonunchilikdagi_yangiliklar Soliq imtiyozlari va preferensiy | Soliq xizmati xabarlari - Rasmiy kanal

#qonunchilikdagi_yangiliklar

Soliq imtiyozlari va preferensiyalarni yuridik shaxslar reyting darajasidan kelib chiqqan holda taqdim etish tartibi belgilandi

“Tadbirkorlik subyektlariga subsidiyalar, imtiyozlar va preferensiyalarni taqdim etish tartiblarini takomillashtirish bo‘yicha qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida”gi Prezident qarori qabul qilindi. (PQ-193-son 24.05.2024)

Qaror bilan soliq va bojxona imtiyozlari, subsidiyalar va preferensiyalar (imtiyozlar)ni yuridik shaxslarning reyting darajasidan kelib chiqqan holda taqdim etish tartibi tasdiqlandi. Bunda:

Reytingi o‘rta va yuqori bo‘lgan tadbirkorlarga imtiyozlar amaldagisiga nisbatan quyidagi miqdorlarda taqdim etiladi:

yuqori toifaga – 80-100 %
“AAA” – 100 %
“AA” – 90 %
“A” – 80 %

o‘rta toifaga – 50-70 %
“BBB” – 70 %
“BB” – 60 %
“B” – 50 %


Ushbu miqdorlar avval berilgan imtiyozlarga nisbatan tatbiq etilmaydi.

Maʼlumot uchun, bugungi kunda 76 ming korxonaning reyting darajasi “B” va undan yuqori. 2023-yilda 25,1 mingta korxonaga 15 trln so‘m soliq imtiyozi berilgan.

Shuningdek, imtiyozlar faoliyat boshlaganiga 6 oy bo‘lmagan tadbirkorlarga ham beriladi.

4 va 5-toifadagi tumanlarda faoliyat yuritayotgan tadbirkorlarga imtiyozlar, ularning reyting darajasidan qatʼi nazar amaldagi miqdorlarda taqdim etiladi.

Bugungi kunda 4 va 5-toifadagi 60 ta tumanda jami 105,7 mingta korxona faoliyat yuritayotgan bo‘lib, 8,8 mingtasining reytingi “B” va undan yuqori.

Tadbirkorlarning reyting darajasi:
pasayganda, imtiyozlar berish 3 oy davomida saqlab qolinadi;
yuqorilaganda, imtiyozlar keyingi oydan boshlab yangilangan reyting darajasiga muvofiq miqdorlarda taqdim etiladi.

Тelegram |Facebook |Youtube| Instagram |X| Threads