Get Mystery Box with random crypto!

#hamkorlik Joriy yil 28-30 may kunlari Samarqand shahrida 'Ra | Soliq xizmati xabarlari - Rasmiy kanal

#hamkorlik

Joriy yil 28-30 may kunlari Samarqand shahrida "Raqamlashtirish davrida soliq qonunchiligiga rioya qilish darajasini oshirish – bugun va kelajak” mavzusidada mintaqaviy seminar oʻtkazildi.

Soliq qoʻmitasi, CCAMTAC hamda BMT Taraqqiyot Dasturining Oʻzbekistondagi vakolatxonasi hamkorligida tashkil etilgan seminarda Ozarbayjon, Armaniston, Gruziya, Qozogʻiston, Qirgʻiz Respublikasi, Turkmaniston, Tojikiston, Moʻgʻiliston soliq idoralari, shuningdek, PricewaterhouseCoopers va KPMG kabi yirik auditorlik kompaniyalari mutaxassislari ishtirok etdi.

Seminarda soliq sohasini raqamlashtirish, Big Data, sun’iy intellekt, QQS maʼmurchiligi boʻyicha xalqaro tajribalarni oʻrganishga bag‘ishlangan sessiyalar o‘tkazildi.

Тelegram |Facebook |Youtube| Instagram |X| Threads