Get Mystery Box with random crypto!

#soliq_hisoboti #налоговая_отчетность Eslatma Hurmatli soliq | Soliq xizmati xabarlari - Rasmiy kanal

#soliq_hisoboti #налоговая_отчетность

Eslatma Hurmatli soliq to‘lovchilar!

O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2021-yil 23-martdagi PF-6191-son Farmonida 1-iyuldan soliq organlarida soliq toʼlovchilar hisobini jismoniy shaxsning shaxsiy identifikatsiya raqami (JShShIR)dan foydalangan holda yuritish belgilangan.

Shunga asosan, 2021-yil 5-avgustdan Soliq agentlari tomonidan to‘lov manbaida ushlab qolinadigan dividendlar va foizlar tarzida to‘lanadigan daromadlardan olinadigan soliq hisob-kitobining 2-ilovasi shablon faylida JShShIRni koʼrsatish imkoniyati yaratildi. Shu munosabat bilan hisobotning paket kodi 10202_6 dan 10202_7 ga oʼzgartirildi.

Muhim!
2021-yil 5-avgustgacha 10202_6-paket kodi bilan joʼnatilgan hisobotlarni 10202_7 ga oʼzgartirgan holda qayta joʼnatish talab qilinmaydi.

Dividend va foizlar soliq hisob-kitobi: kiritilgan o‘zgarishlar

Norezidentlarga dividend va foizlarini to‘laydigan soliq agentlari uchun 10307_4 kodli yangi shakli

Тelegram | Facebook | Youtube| Instagram