Get Mystery Box with random crypto!

Hurmatli soliq to‘lovchilar! Davlat soliq qo‘mitasida yuridik | Soliq xizmati xabarlari - Rasmiy kanal

Hurmatli soliq to‘lovchilar!

Davlat soliq qo‘mitasida yuridik shaxslarning markaziy ma'lumotlar bazasi tashkil etildi (VM-539-sonli qarori, 4.09.2020-yil).

Markaziy ma'lumotlar bazasidagi ma'lumotlarning haqqoniyligini ta'minlash maqsadida yuridik shaxslarning hisob ma’lumotlari to‘liq xatlovdan o‘tkazilmoqda. Xatlov jarayonida ayrim korxonalar hisob ma'lumotlarida (ta'sischi, muassis, rahbar yoki hisobchi) kamchiliklar aniqlandi.

Shu munosabat bilan, joriy yil 31-iyul kuni soliq to‘lovchilar shaxsiy kabinetiga hisob ma'lumotlarga tegishli o‘zgartirish kiritib, to‘g‘riligini tasdiqlab berishlari yuzasidan xabarnomalar yuborildi.

Natijada, 12-avgust holatiga 17 856 ta yuridik shaxsdan faqatgina 114 tasi hisob ma'lumotlariga tegishli o‘zgartirish kiritib, to‘g‘riligini tasdiqlab berdi.

Ogohlantiramiz! Hisob ma’lumotlariga tegishli o‘zgartirish kiritib, haqiqiyligini tasdiqlab bermagan tadbirkorlik subyektlarida EHF rasmiylashtirish, soliq to‘lash, shaxsiy varaqa ochish kabi soliq majburiyatlarini bajarishda xatoliklar yuzaga kelishi mumkin.

Xatlov o‘tkazilishidan asosiy maqsad – soliq organlari tomonidan soliq nazoratini amalga oshirish va soliq to‘lovchilarga xizmatlar ko‘rsatilishida hisob ma'lumotlarining to‘g‘riligini ta'minlash.
_________________

Уважаемые налогоплательщики!

В Государственном налоговом комитете создана центральная база данных налогоплательщиков юридических лиц (ПКМ№539 от 4.09.2020г).

Для обеспечения надежности учета налогоплательщиков юридических лиц в центральной базе данных проводится инвентаризация. В процессе инвентаризации выявлены недостатки в учетных данных (учредитель, руководитель или бухгалтер).

В связи с этим 31 июля текущего года в персональные кабинеты налогоплательщиков направлены уведомления с просьбой внести соответствующие изменения и подтвердить подлинность учетных данных.

При этом, по состоянию на 12 августа из 17 856 налогоплательщиков только 114 юридических лиц внесли изменения и подтвердили подлинность учетных данных.

Предупреждаем! Cубъекты предпринимательства, не внесшие изменения и не подтвердившие подлинность учетных данных, могут столкнуться со сложностями, связанными с исполнением налоговых обязательств, таких как оформление ЭСФ, представление налоговой отчетности, уплата налогов.

Основная цель инвентаризации – обеспечить достоверность учетных данных при осуществлении налоговыми органами налогового контроля и сервис ориентированных услуг налогоплательщикам

Тelegram | Facebook | Youtube| Instagram