Get Mystery Box with random crypto!

#Onlayn_NKM Onlayn-kassa texnikasini tanlash tadbirkorning ix | Soliq xizmati xabarlari - Rasmiy kanal

#Onlayn_NKM

Onlayn-kassa texnikasini tanlash tadbirkorning ixtiyoriy va mustaqil qarori

Keyingi kunlarda turli bosma va elektron nashrlar hamda ijtimoiy tarmoqlarda onlayn nazorat-kassa texnikalari narxlari qimmatligi haqida tadbirkorlik subyektlari tomonidan bildirilayotgan eʼtirozlar tez-tez uchramoqda.

Davlat soliq qo‘mitasi ushbu mazmundagi xabarlar yuzasidan quyidagilarni maʼlum qiladi:

Hozirda tadbirkorlik subyektlari davlat reyestriga kiritilgan jami 16 turdagi onlayn-NKM va 16 ta virtual kassa dasturiy mahsullaridan foydalanishlari mumkin.

Mazkur qurilma va dasturiy mahsullarni o‘rnatish hamda foydalanishga ko‘maklashish bo‘yicha 26 ta Texnik xizmat ko‘rsatish markazi (TXKM) xizmat ko‘rsatmoqda.

Ushbu zamonaviy onlayn-kassa texnikalari bozor talablari asosida erkin savdoga chiqarilgan. Ularning narxlari bevosita yetkazib beruvchi yoki ishlab chiqaruvchi tomonidan mustaqil ravishda belgilanadi. Bugungi kunda davlat reyestriga kiritilgan onlayn-NKMlar o‘rtacha 1,7 mln. so‘mdan 3,5 mln. so‘mgacha, virtual kassalar esa 500 ming so‘mdan 3,5 mln. so‘mgacha bo‘lgan narxlarda isteʼmolchilarga yetkazib berilmoqda.

Bundan tashqari, Davlat soliq qo‘mitasi tomonidan “Virtual kassa V 2.02” nomli virtual kassa dasturiy mahsuloti xo‘jalik subyektlariga bepul taqdim etilmoqda.

Tadbirkorlik subyektlari davlat reyestriga kiritilgan onlayn-NKM va virtual kassalarning narxi hamda texnik imkoniyatlaridan kelib chiqib mustaqil ravishda sotib olish, TXKMlarni ixtiyoriy ravishda tanlash huquqiga ega.

Onlayn-kassa texnikalarining narxlarini belgilashda, sotish yoki sotib olishda, shuningdek TXKM va tadbirkorlik subyektlari o‘rtasidagi o‘zaro munosabatlarda davlat soliq xizmati organlari ishtirok etmaydi.

Тelegram | Facebook | Youtube| Instagram