Get Mystery Box with random crypto!

#e_aktiv “E-aktiv (E-ombor)” tovar-moddiy resurslar harakatin | Soliq xizmati xabarlari - Rasmiy kanal

#e_aktiv

“E-aktiv (E-ombor)” tovar-moddiy resurslar harakatini hisobga olishning elektron tizimi yaratildi

Davlat soliq qo‘mitasi “E-aktiv (E-ombor)” – tovar-moddiy resurslar harakatini hisobga olishning elektron axborot tizimini sinovdan o‘tkazmoqda.

Davlat xaridlari shaffofligini taʼminlash va samaradorligini oshirishga doir qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida”gi Prezident qarori (PQ-5171-son 2.07.2021 y.) bilan 2021-yil 2-sentabrdan 24 ta korporativ va 7 ta budjet buyurtmachilari yangi axborot tizimidan foydalanishga o'tadi.

“E-aktiv (E-ombor)” axborot tizimi tadbirkorlik subyektiga mahsulotlar kirimi va qoldig‘i hisobini onlayn yuritish va kuzatib borish imkonini beradi.
Shuningdek, tizimda tovarlar uchun bir yoki bir nechta ombor yaratish, “tovarlar kirimi” va “tovarlar chiqimi” bo‘limlari orqali ularni ombordan omborga olib o‘tish mumkin.

“E-aktiv (E-ombor)”
tizimining EHF tizimiga integratsiya qilinganligi tadbirkorlik subyektlari tomonidan kirim qilinmagan tovarlarni sotish bo‘yicha EHF rasmiylashtirish holatlariga chek qo‘yadi.
Realizatsiya jarayonida EHFlarda MXIKlarning yagona elektron milliy katalogiga muvofiqligini hamda barcha shartnomalar Yagona elektron shartnomalarning axborot portalida majburiy tartibda ro‘yxatdan o‘tkazilishini taʼminlaydi.

“E-aktiv (E-ombor)” –
tovarlar realizatsiyasi ustidan tizimli nazorat o‘rnatish, yashirin iqtisodiyotni qisqartirish hamda korrupsiya omillarini bartaraf etishga xizmat qiladi.

Тelegram | Facebook | Youtube| Instagram