Get Mystery Box with random crypto!

Soliq xizmati xabarlari - Rasmiy kanal

Logo of telegram channel soliqnews — Soliq xizmati xabarlari - Rasmiy kanal S
Topics from channel:
Oнлайн
Onlayn
Soliqchi
Маркировка
Встреча
Uchrashuv
Avtokameral
All tags
Logo of telegram channel soliqnews — Soliq xizmati xabarlari - Rasmiy kanal
Topics from channel:
Oнлайн
Onlayn
Soliqchi
Маркировка
Встреча
Uchrashuv
Avtokameral
All tags
Channel address: @soliqnews
Categories: Economics , Investments
Language: English
Subscribers: 92.15K
Description from channel

soliq.uz
📨https://t.me/soliq_qonunchiligi_bot
Facebook: www.fb.com/Soliqpressa/
Instagram: www.instagram.com/soliqpressa/
Savollar:24/7rejimda 📞1198
Qayta aloqa: https://appeal-bot.soliq.uz/
E-mail: org@soliq.uz
Manzil: Toshkent sh, A.Qodiriy 13a

Ratings & Reviews

2.50

2 reviews

Reviews can be left only by registered users. All reviews are moderated by admins.

5 stars

0

4 stars

0

3 stars

1

2 stars

1

1 stars

0


The latest Messages 13

2024-05-10 07:03:46
14.4K views04:03
Open / Comment
2024-05-09 19:35:15
Буюк Ғалабага беқиёс ҳисса қўшган, шу ёруғ кунларга етиб келолмаган азиз инсонларни ёд этамиз, уларнинг хотираси, пок руҳлари олдида таъзим қиламиз. Урушда, меҳнат фронтида иштирок этган мўътабар фахрийларимиз олдида чексиз қарздормиз.

Склоняем голову перед памятью наших отцов и дедов, внесших огромный вклад в великую Победу, которым не довелось увидеть нынешние светлые дни. Мы в неоплатном долгу перед ветеранами войны и трудового фронта.

Prezident.uz|Facebook|Instagram|YouTube|X
13.5K views16:35
Open / Comment
2024-05-09 15:47:13
#ehtirom

Xotira va qadrlash kuni, buyuk g'alabaga erishganimizga 79 yil to'lishi munosabati bilan mehnat faxriylari holidan xabar olindi. Ushbu ulug' ayyomda fidokorona mehnat qilib, bugungi osoyishta hayot uchun kurashgan keksa nuroniylarimizni ziyorat qilish xalqimizning ezgu fazilatidan hisoblanadi.

Toshkent shahar soliq boshqarmasi axborot xizmati

Telegram | Facebook | Youtube | Instagram
15.2K views12:47
Open / Comment
2024-05-09 09:11:25
"ISHONCH" TV

Xotira mangu qadr abadiy!

Telegram facebook youtube instagram
15.5K views06:11
Open / Comment
2024-05-09 08:40:38
#Xotira

Yaxshi insonlar xotirasi abadiydir

Buxoro viloyati soliq xizmati organlarida hamkasblarni qadrlash, dunyodan o‘tganlarni xotirlab turish an’anasi yaxshi yo‘lga qo‘yilgan.

Ayniqsa, soliq xodimlari Xotira va qadrlash kuni oldidan o‘z kasbini ulug‘lagan ustozlari, bevaqt olamdan o‘tgan hamkasblari yodini xotirlab qo‘yishni aslo esdan chiqarishmaydi.

Viloyat soliq boshqarmasi rahbariyati tashabbusi bilan tayyorlangan ushbu videorolik ularning yorqin xotirasiga bag'ishlanadi.

Xotira – abadiy, qadr – muqaddas.

Тelegram Facebook Instagram
14.8K views05:40
Open / Comment
2024-05-09 07:57:25 #9_may

Aziz vatandoshlar, muhtaram faxriylar, Sizlarni 9-may – Xotira va qadrlash kuni hamda Ikkinchi jahon urushida qozonilgan Gʻalabaning 79 yilligi bilan chin qalbimdan tabriklayman.

Siz, azizlarga va sizlarning timsolingizda butun xalqimizga oʻzimning chuqur hurmat-ehtiromim va ezgu tilaklarimni izhor etaman.

Mana shu qutlugʻ kunda eng avvalo urush maydonlaridan qaytmagan minglab yurtdoshlarimizning muqaddas xotirasi oldida bosh egib, ruhi poklariga hurmat bajo keltiraman. Ularning xotirasi abadiy, jasorati mangudir!

Vatanimiz tinchligi, sarhadlarimizning mustahkamligi uchun jasorat koʻrsatgan, front ortida fidokorona mehnat qilgan va bugun ham yoshlarni maʼnaviy-axloqiy jihatdan tarbiyalashga hissa qoʻshayotgan muhtaram faxriylarimiz oldida taʼzim qilaman.

Shu kunlarda yurtimizning barcha goʻshalarida Xotira maydonlari toʻlib-toshgan, urushda halok boʻlgan vatandoshlarimiz yod etilmoqda, faxriylar holidan xabar olinmoqda. Zero, Sizlarning va marhum safdoshlaringiz sadoqati tufayli osmonimiz musaffo, koʻnglimiz xotirjam, farzandlarimiz baxtiyor va chehralari gulgun.

Hurmatli faxriylar, ushbu qutlugʻ ayyom munosabati bilan Sizlarni yana bir bor tabriklayman.

Hammangizga sihat-salomatlik, xonadonlaringizga fayzu baraka tilayman!

Sherzod Kudbiyev,
Soliq qoʻmitasi Raisi


Тelegram |Facebook |Youtube| Instagram |X|Threads
16.6K views04:57
Open / Comment
2024-05-09 07:57:12
15.6K viewsedited  04:57
Open / Comment
2024-05-08 19:11:30
#tayinlov

Samarqand viloyatining yana 3 ta tumaniga inspeksiya boshliqlari tayinlandi

Soliq qoʻmitasi Raisining buyrugʻi bilan Samarqand viloyatining Ishtixon, Kattaqo‘rg‘on va Bulung‘ur tumanlari soliq inspeksiyalariga yangi rahbarlar tayinlandi:

Isoxonov Zokir Isoxon oʻgʻli Ishtixon tumani soliq inspeksiyasi;

Razzakov Nurbek Yarashevich  Kattaqoʻrgʻon tumani soliq inspeksiyasi;

Isokov Bobirmirzo Isroilovich Bulung‘ur tumani soliq inspeksiyasi boshligʻi etib tayinlandi.

Тelegram |Facebook |Youtube| Instagram |X| Threads
16.9K views16:11
Open / Comment
2024-05-08 10:36:42 #mobil_ilova

Soliq mobil ilovasining yangi 1.4.7 versiyasi taqdim etildi

Yangilangan versiyada fiskal modul uchun to‘lov xizmati qo‘shildi.

Ma'lumot uchun. Fiskal modul bilan ta’minlash va operator tomonidan ko‘rsatiladigan xizmatlar uchun tadbirkorlik subyektlari tomonidan yilda bir marta BHMning 1 baravari (340 000 so‘m) miqdorida operatorga to‘lov amalga oshiriladi.
VMQ-943-son qarori 55-band 23.11.2019

Soliq mobil ilovasini faqat rasmiy platformalardan yuklab olish va yangilash lozim.
Android / iOS

Soliq mobil ilovasidan 6,5 mlnga yaqin aholi faol foydalanmoqda.
__________
#мобильное_приложение

Появилась новая версия 1.4.7 мобильного приложения Soliq

В обновленной версии доступна услуга оплаты за фискальный модуль.

Для информации. За обеспечение фискальным модулем и оказание услуг оператором фискальных данных с субъектов предпринимательства 1 раз в год взимается плата - 1 БРВ (340 000 сумов).
п.55 ПКМ от 23.11.2019 №943

Скачивать и обновлять мобильное приложение Soliq нужно только с официальных платформ.
Android / iOS

Мобильным приложением Soliq активно пользуются уже около 6,5 млн человек.

Тelegram |Facebook |Youtube| Instagram |X| Threads
12.7K views07:36
Open / Comment
2024-05-08 07:49:14
#mol_mulk_soligi #yer_soligi #soliq_imtiyozi

Urush qatnashchilari mol-mulk va yer soliqlaridan ozod qilingan

Urush nogironlari va qatnashchilari
, shuningdek doirasi qonunchilik bilan belgilanadigan, ularga tenglashtirilgan shaxslar mol-mulk va yer soliqlarini to‘lashdan ozod qilingan.

Soliq imtiyozlari soliq toʻlovchining tanloviga ko‘ra faqat bitta yer uchastkasiga yoki ko‘chmas mulkka nisbatan qo‘llaniladi.

Soliq kodeksi 436-modda
Soliq kodeksi 421-modda
________
#налог_на_имущество #земельный_налог #льготы

Участники войны освобождены от уплаты налогов на имущество и землю

Инвалиды и участники войны,
а также приравненные к ним лица, круг которых устанавливается законодательством, освобождаются от уплаты налогов на имущество и землю.

Налоговые льготы распространяются только на один объект недвижимого имущества или земельный участок по выбору собственника.

ст.436 НК
ст.421 НК

Тelegram |Facebook |Youtube| Instagram |X| Threads
14.5K viewsedited  04:49
Open / Comment