Get Mystery Box with random crypto!

UWED MUNmi yoki WIUT MUN? Balki boshqa forum yoki sammitdir? | INTERNATIONAL YOUTH SUMMIT

UWED MUNmi yoki WIUT MUN? Balki boshqa forum yoki sammitdir?

So‘nggi vaqtda yoshlar orasida turli formatdagi tadbirlarning soni oshib bormoqda.

Tadbir oldidan aynan xalqaro so‘zining qo‘shilishi ularni chindan ham xalqaro darajaga olib chiqadimi? Yoki sertifikatlar qandaydir imtiyoz beradimi?

Ommaviy tadbirlar o‘zi qanday tashkil etilishi kerak? Savollar talaygina, lekin ularga qayerdan javob olish mumkin?

13-mart soat 15:00da O‘zbekiston yoshlar ittifoqi Markaziy Kengashiga tadbir tashkil etuvchi entuziast yoshlarni chorlab qolamiz. Press-klubga keling, fikrlaringizni bildiring, tajribangiz bilan bo‘lishing, savollaringizga javob oling!

Yoshlar ittifoqi rasmiy sahifalari
Telegram | Facebook | Instagram