🔥 Burn Fat Fast. Discover How! 💪

Eksklyuziv: Yangi O'zbekistonda 'ko'chat ishi': Yakkabog' hoki | TELERADIO.UZ / Kelajak teleradiosi ®

Eksklyuziv: Yangi O'zbekistonda "ko'chat ishi": Yakkabog' hokimi Lutfiddin Abdullayevning ko'chatlarini kuni bitdi..!

Yil boshidan O'zbekiston bo'ylab ko'chat ekish kompaniyasi boshlandi.
Bu ishlar Prezident Mirziyoyevning "Yashil makon" umummilliy loyihasi doirasida amalga oshirildi.

Mazkur jarayondan hokimiyat va hukumat mulozimlari o'zlarini pear qilishda ham foydalandi desak xato bo'lmaydi. Ko'zbo'yamachilik bilan qilingan bu ishlar mahalliy OAV rosa aylantirildi.

Budjet tashkiloti xodimlari tomonidan Ixtiyoriy majburiy tarzda ekilgan ko'chatlar bugungi kunga kelib achinarli xolatga kelib qolgan.

Ko'chat ekishga davlat budjetidan millionlar sarflandi. Kambag'al xalqdan yig'ilgan soliqlar xisobiga ekilgan ko'chatlarni hayoti qisqa bo'lmoqda...

Jumladan Yakkabog' tumani hokimi Lutfiddin Abdullayev, katta dabdaba bilan ekib Tursunxon Xudayberganov hamda Narzulla Oblamurodovga ko'z - ko'z qilgan ko'chatlari bugunga kelib qurib bitdi.

@teleradiouz_official kanaliga obuna bo'ling!