Get Mystery Box with random crypto!

Baxtiniso Mahmudova

Logo of telegram channel baxtiniso — Baxtiniso Mahmudova B
Logo of telegram channel baxtiniso — Baxtiniso Mahmudova
Channel address: @baxtiniso
Categories: Uncategorized
Language: English
Subscribers: 460
Description from channel

Нима учун ёзаётганим аҳамиятсиз. Муҳими, ёзаётганим.
©Бахтинисо
Kanal Baxtiniso Mahmudovaning yorqin xotirasiga bag‘ishlanadi.

Ratings & Reviews

3.00

2 reviews

Reviews can be left only by registered users. All reviews are moderated by admins.

5 stars

1

4 stars

0

3 stars

0

2 stars

0

1 stars

1


The latest Messages 5

2021-02-23 17:58:42
Yurak
Nega dovdiraysan, ko’ksimdagi gul?
Nega chalkashasan tuyg’ularimdan?
Har bir savobimni to’g’nog’ich qilib,
Marjon tizmaysanmi orzularimdan?

Kelar ko’klamlarga dil ochdim qancha,
Shudringni ko’zimdan to’kib yubordim.
“Senga to’zim bersin, matonat bersin…”-
Sukut zabonida Haqqa yolvordim.

Bargrezon… mezonlar menga-da emas,
Bu xazon ko’nglingga yaqin bilaman.
Sen tushun, har to’rtta faslda ham men
Faqat… faqat shamol bo’lib yelaman.

Va yana yonaman samandar yanglig’,
Xuvaydo qismatim o’tida ranjday.
Junun dashtlarida daydigan ruhim
Menga sog’inchlardan tutqazadi may.

Shabboda yodimni qo’liga olib,
Moviy ufq tomonga boshlaganda yo’l.
Nega chalkashasan tuyg’ularimdan?
Nega dovdiraysan, ko’ksimdagi gul?

@baxtiniso
694 views , edited  14:58
Open / Comment
2021-02-11 08:24:51
760 viewsBaxtiniso , 05:24
Open / Comment