Get Mystery Box with random crypto!

Baxtiniso Mahmudova

Logo of telegram channel baxtiniso — Baxtiniso Mahmudova B
Logo of telegram channel baxtiniso — Baxtiniso Mahmudova
Channel address: @baxtiniso
Categories: Uncategorized
Language: English
Subscribers: 460
Description from channel

Нима учун ёзаётганим аҳамиятсиз. Муҳими, ёзаётганим.
©Бахтинисо
Kanal Baxtiniso Mahmudovaning yorqin xotirasiga bag‘ishlanadi.

Ratings & Reviews

3.00

2 reviews

Reviews can be left only by registered users. All reviews are moderated by admins.

5 stars

1

4 stars

0

3 stars

0

2 stars

0

1 stars

1


The latest Messages 4

2021-04-30 12:49:32
Ёмғир

Деразам ойнасин чертади ёмғир,
Ҳаёлим ўзига асир этганча.
Томчилар югуриб, шодон кулади,
Ҳавони ҳалинчак қилиб эгганча.

Ернинг ғуборлари ортга чекинар,
Тарк этар атрофни сукут лашкари.
Майсалар, дарахтлар кутишин билар,
Ёнига шошади дийдорлашгани.

Висолнинг ёқимли ҳароратидан
Гўзаллик кўз очар тоғ-у қирда ҳам.
Илҳоми аланга олиб ҳайқирар
Чанқаган далалар дуо қилган дам.

Йўлга чиқсам, йўли – сочим ораси,
Кокили кипригим тўсади оғир,
Зумда ишғол этар ер дарвозасин,
Фақат юрагимга ёғмаган ёмғир.

@baxtiniso
339 viewsBobur Nusratov Magistr Repetitor, edited  09:49
Open / Comment
2021-04-20 19:35:39
Бораман

Келолмади, деманг аламга ботиб,
Бир куни, албатта, сиз деб бораман.
Ёлғонимни ростим бағрига отиб,
Уларни шеър қилиб тизиб бораман.

Бу шеърга жо бўлар нигоҳларингиз,
Сатрлари аро кезиб бораман.
Қайтмади, деб тортган оҳларингиз
Мавжларида оқиб, сузиб бораман.

Кўзингиз пайқамай қолар ўша дам,
Ҳатто еллардан ҳам ўзиб бораман.
Кипригимга қўнар бутун бир олам,
Бахтнинг гулларидан узиб бораман.

Кўнглингиз ғашламанг, йўлимга боқиб,
Бир кун сукунатни бузиб бораман.
Ишқ, соғинч ўтида ҳижронни ёқиб,
Висолдан ўланлар тузиб бораман.

@Baxtiniso
459 viewsBobur Nusratov Magistr Repetitor, edited  16:35
Open / Comment
2021-04-11 08:57:28
***
Мана, кетаяпман, сендан, ниҳоят,
Осмондан қарз олиб бардошларини.
Бир жилмаймоқ учун минг тўкиламан,
Беркитиб кўнглимнинг кўзёшларини.

Дўст бўлма, кузларнинг хазони билан,
Елларга сочавер кулгуларингни.
Оқшомлари фақат яхши тушлар кўр,
Соғинчга йўйиб қўй туйғуларингни.

Бир кун баҳор билан олиб келаман,
Сенга Хизр бобо тилакларини.
Унгача ўзингни эҳтиёт қилгин,
Авайлаб қалбимнинг бўлакларини.

@Baxtiniso
640 viewsBobur Nusratov Magistr Repetitor, edited  05:57
Open / Comment
2021-04-06 05:20:58
O’zim bilmay

Sog’inmayman, degandim bir kun,
Sog’inmayman, degandim har kun.
Ontim buzib qo’ydim-ku bugun,
O’zim bilmay sog’inib qo’ydim.

Goho oshkor, goho yashirin,
Sog’inch toti bunchalar shirin.
Avvallari anglamay sirin,
O’zim sezmay sog’inib qo’ydim.

Yuragimga sanchilib hijron,
Hayolimda bo’ldi namoyon.
Ko’rgim kelib ketdi shu zamon,
O’zim bilmay sog’inib qo’ydim.

O’tgan yillar tushmi, ro’yomi,
Shirin hayot va yo hayolmi,
Uzoqdagi bir bevafoni
O’zim sezmay sog’inib qo’ydim.

@baxtiniso
665 viewsBobur Nusratov Magistr Repetitor, edited  02:20
Open / Comment
2021-03-12 14:24:53 https://yoshlikjurnali.uz/xotira/eng-go-zal-izhorim-ichimda-qoldi/ Baxtiniso o‘ziga odamlarning achinish ko‘zi bilan qarashlarini sira ham qabul qilolmasdi. Ba’zan o‘ksinib qolardi: “Islom, men ham hamma qatori odamman-ku, faqat shu… yurolmayman. Nima qipti, nega odamlar menga buncha mehribonlik qilaveradi?” derdi. “Ular seni ko‘rolmaydi”, desam, dunyoni to‘ldirib kulib yuborardi. Bugun o‘sha kulgilaringni sog‘inyapman, do‘st. Telefonimda qancha audioyozuvlaring bo‘lsa, hammasini qayta-qayta eshitdim. To‘g‘risi, boshda eshitolmadim, jur’atim yetmadi. Lekin baribir senga bo‘lgan sog‘inch ustun kelaveryapti.
733 viewsИсломжон Қўчқоров, 11:24
Open / Comment
2021-03-10 06:20:34 Тағин қайтган эмиш, боғларга баҳор,
Тағин ўз сўзида турармиш Дунё...

Матн: Бахтинисо Маҳмудова.

Ўқиди: Самариддин Саййидзод.

@Baxtiniso

@Sayyidzod
736 viewsBobur Nusratov Magistr Repetitor, edited  03:20
Open / Comment
2021-03-08 19:51:32
***
Men bariga ko‘ndim,
Oydin fasllar
Ko‘zimga ajinlar solib o‘tadi.
Nechun
Bir dil istab,
Boshimni qo‘ysam,
Tunning yelkalari tolib o‘tadi?

Men bariga ko‘ndim.
Eshik ochilar.
Men intiq shamollar kelmaydi kirib.
Garchi, ostonamda gullar qadamlar,
Garchi, tomonlarni olaman terib.

Men bariga ko‘ndim...
Hammasi yaxshi,
Hammasi joyida,
G‘am yo‘q g‘amimga.
Faqatki, yuragim... behuzur, beshon,
Ming yilki, ko‘nikmas ko‘nikkanimga.

Men bariga ko‘ndim...

@baxtiniso
928 viewsBobur Nusratov Magistr Repetitor, edited  16:51
Open / Comment
2021-03-01 07:34:19
697 viewsBaxtiniso , 04:34
Open / Comment
2021-03-01 06:44:44 Муқимжон НУРБОЕВ:




Ko'zlarimni yumib oldim
bu dunyoning
hasrat to'la ko'zlariga qaramayman,
hayrat to'la ko'zlariga qaramayman,
haybat to'la ko'zlariga qaramayman.

Jim ketaman,
jimlik to'lgan tomchi bo'lib,
jondan qochib, o'z joniga soqchi bo'lib,
bu dunyoga... dilga kelgan sovchi bo'lib.
Jim ketaman...

O, azizim!
Senga yana xatlarim bor,
ahdlarim bor, dardlarim bor, baxtlarim bor.
hisobimda senga yetmas vaqtlarim bor.
O, azizim!

Bu gul umrim, gul hayotim, gul yuragim,
ne-ne gulgun she'rlarimni xazon etmish,
Yana O'zi qaddimni bir osmon etmish,
Yana O'zi... mushkullarni oson etmish.

Men ne deyin?

Baxtiniso Maxmudova

1.3K viewsBaxtiniso , 03:44
Open / Comment
2021-02-27 13:25:29 Qalbimga

Yur, ketamiz, qalbim, ketdik
Sen istagan tomonlarga.
Bu dunyoni qoldiramiz
Ishqdan rangi somonlarga.

Yur, ketamiz, qalbim, ketdik
Vafo bo’yli yurtlar sari.
Ortimizdan “xayr” desin,
Hijron, armon manzillari.

Yur, ketamiz, qalbim, ketdik
Umidlarni bayroq etib.
Barcha alam erib ketar,
Quyoshzorga borsak yetib.

Yur, ketamiz, qalbim, ketdik
Sog’inchlarga bo’lib singil.
Balki seni unutmagan,
Sen sog’ingan o’sha ko’ngil.

Yur, ketamiz, qalbim, ketdik,
Sen istagan tomonlarga.

@baxtiniso
697 views , 10:25
Open / Comment