Get Mystery Box with random crypto!

Ingliz tilida so'zlashish

Logo of telegram channel ingiliz_tilida_s — Ingliz tilida so'zlashish
Channel address: @ingiliz_tilida_s
Categories: Languages
Language: English
Country: Uzbekistan
Subscribers: 20.42K
Description from channel

✏ Ingliz rus ozbek tilida kundalik sozlar
🎧 Audio va matnli mavzular
📚 Eng sara kitoblar
😀 IELTS
🎶 Qoshiqlar matni bilan
✔ Abiturent testlar
Creator: @Aloqa_admin1_bot
Admin: @smart2644
Reklama @rek_info

Ratings & Reviews

2.50

2 reviews

Reviews can be left only by registered users. All reviews are moderated by admins.

5 stars

0

4 stars

0

3 stars

1

2 stars

1

1 stars

0


The latest Messages

2024-05-04 20:04:01 Inglizlar "die" so'zining o'rniga odatda boshqa ba'zi fe'llar va birikmalardan foydalanadilar chunki "die – o'lmoq" inglizchada ham biroz qo'polroq jaranglaydi quloqqa.

Shaxsan men, uning quyidagi muloyimroq eshitiladigan sinonimlarini bilaman:
Pass away - olamdan o'tmoq
Queen Elizabeth II passed away last year.
Pass on - olamdan o'tmoq
It's important to remember friends and family who have passed on.
Go - olamdan o'tmoq
You can't take your money with you when you go.
Both her parents are gone.
Be dead and gone - olamdan o'tgan (sifat)
You'll be sorry you said that when I'm dead and gone.
Be too far gone - o'lish arafasida, o'lishga o'ta yaqin
They did everything they could to save him, but he was already too far gone when the ambulance arrived.
Depart this life - olamdan o'tmoq
In loving memory of my dear husband, who departed this life on 5 May, 2008.

Shuni ham e'tiborga olish kerakki, ushbu birikmalarning o'z qo'llanilish holatlari va farqlari mavjud, ya'ni ba'zilari informal bo'lsa, ba'zilari o'ta formal (qabr toshlariga o'yib yozib qo'yiladi ; tag'in ularni odamlarga nisbatan ishlatmang).

@ingiliz_tilida_s
7.0K views17:04
Open / Comment
2024-05-03 17:31:20 ​​​​​​​​​​​​​​​​ ​​​​130-dars.

There is/ There are (so‘roq shakli)


Ma'nosi: Anavi yerda "bor", u yerda" bor"
birlikda: "there is",
ko'plikda: "there are"

Biz there is/are dan so’roq shaklini yasaganimizda to be fe’li (is/are) egadan oldinga qo’yiladi va u yerda bormi deb tarjima qilinadi.

Masalan:
Is there a cat in your home?
— Sizning uyingizda mushuk bormi?

Are there two copybooks in your bag?
- Sumkangizda ikkita daftaringiz bormi?


So‘roq shaklida qisqacha javob berganimizda:
Is there a dog in the supermarket? (Supermarketda it bormi?)
- No, there isn't. (Yo‘q)

Are there any dogs in the park?  (Parkda itlar bormi?)
- Yes, there are. (Ha, bor)

Is there a security guard in the shop? (Do‘konda qo‘riqchi bormi?)
- Yes, there is. (Ha, bor)

Are there any polar bears in Antarctica? (Antarktikada oq ayiq bormi?)
- No, there aren't. (Yo‘q)

Is there any ice-cream in the freezer? (Muzlatkichda muzqaymoq bormi?)
- Yes, there is. (Ha, bor)


Ingliz tilida ko’pincha to be fe’lini qisqartmalaridan foydalaniladi.
There is/are ni quyidagicha qisqartirib foydalanish mumkin.
there is = there’s
there are = there’re
there is not = there isn’t
there are not = there aren’t
6.6K views14:31
Open / Comment
2024-04-24 21:08:09 ​​​​​​​​​​​​​​ ​​​​126-dars.

Ingliz tilida qisqa javob berish va qisqa tugatish.

» Bunday holat ko'proq dialoglarda sodir bo'ladi. Masalan, ikki kishi gaplashib turibdi:
I am not tired - Men charchamadim.
I am - men esa charchadim.


E'tibor bergan bo'lsangiz, ikkinchi odam ega bilan "To be" ishlatdi, xolos. Lekin, bundan uning holati birinchi odamga nisbatan qarama-qarshiligi, ya'ni charchagani tushunildi.

I haven't got a car but my sister has - Mening mashinam yo'q, lekin singlimni mashinasi bor.
» Gapning ikkinchi qismida mashina so'zi ishlatilmasdan, birinchi qismdagi "haven't" so'ziga qarama-qarshi ma'no beruvchi "has" so'zi qo'yildi. Ya'ni, inkor so'zi bo'lgan "not" olib tashlandi.

My brother likes hot weather (Akam issiq ob-havoni yoqtiradi) but I don't (lekin men yoqtirmayman).
» "I don't like hot weather" demasdan, qisqa qilib "I don't" deyapdi.

Did you and John enjoy the film? - Siz va Jon filmdan bahra oldinglarmi?
I did but John didn't - Men bahramand bo'ldim, lekin Jon bahramand bo'lmadi.


Have you ever been to Canada - Kanadada biror marta bo'lganmisiz?
Yes, I have - Ha, bo'lganman.
No, I haven't - Yo'q, bo'lmaganman.


My sister can play the piano but I can't - Singlim pionino chalishni biladi, lekin men bilmayman.

» E'tibor beramiz, gap qaysi zamon bilan, yoki harakat so'zlaridan oldin keluvchi qaysi so'z bilan boshlansa, qisqa javob yoki qisqa tugatish ham o'sha so'z bilan kelyapdi. Can, will, should, have, must va hokazo.

» Hozirgi zamonda bo'lsa do/does, oddiy o'tgan zamonda did ishlatyapmiz. Am/is/are qo'yilgan bo'lsa, qisqartma ham shunga qarab bo'ladi.

I'm not intelligent but you are - Men aqlli emasman, lekin siz... (aqllisiz demoqchi).

»Am, is, are, have va will so'zlari bilan qisqa javob berayotganimizda "I'm" shaklida qisqartirmasdan, doim "I am" deb yozishimiz kerak. Bu qoida odatda ijobiy javoblar uchundir. Agar "I'm not" deb inkor qiladigan bo'lsak bo'laveradi.

@ingiliz_tilida_s
9.2K views18:08
Open / Comment
2024-04-19 20:05:16 INGLIZ TILIDA TALAFFUZNI QANDAY YAXSHILASH MUMKIN?

Talaffuz ingliz tilini o’rganishda eng qiyin jihatlardan biridir. Odatda, odamlar unga e’tibor bermaydilar. Shunga qaramay, mukammal talaffuz sizning biznes kartangizdir, chunki siz aytgan so’zlaringiz tufayli birinchi taassurot paydo bo’ladi. Quyidagi tavsiyalar orqali bugungi kunda ingliz tilida talaffuzni qanday yaxshilash haqida bilib olishingiz mumkin.

Boshqalarni tinglang

Mahalliy ma’ruzachilarni ko’proq tinglashga harakat qiling, ayniqsa, ular tovushlarni qanday ifodalaydilar. Til saytlarida ingliz tili tashuvchilarini toping va ularga talaffuz bilan bog’liq muammoda yordam berishlarini so’rang. Ko’proq ingliz tilidagi teleseriallarni, YouTube kanallarini tomosha qiling, audiokitoblarni tinglang va chet elliklarning nutqiga taqlid qilishga harakat qiling.

O’zingizni tinglang

So’zlarni qanday talaffuz qilayotganingizni va intonatsiyani qanday amalga oshirayotganingizga e’tibor bering. Agar qiyinchiliklarga duch kelsangiz, o’z ovozingizni ovoz yozish qurilmasiga yozib, ovozni bir necha marta tinglang. Shunday qilib, siz o’z zaif tomonlaringizni aniqlab, muammoli tovushlar va intonatsiya ustida ishlashingiz mumkin.

Ko’zgu oldida mashq qiling

Ko’zgu oldida o’zingiz bilan muntazam suhbatlashish qoidasini o’rganing. Og’zaki nutqingizni kuzatib boring – til va lablar artikulyatsiyasi qanday o’zgarmoqda. Siz ommaviy axborot vositalarining nutqi orqali ham o’rganishingiz mumkin, keyin esa o’z nutqingizni OAV nutqiga solishtirgan holda takrorlashingiz va keyin so’zlar artikulyatsiyaga mos keladimi-yo’qligini solishtirishingiz mumkin. Bundan tashqari, ko’zgu oldida ham qo’llanilishi mumkin bo’lgan ko’plab mashqlar mavjud.

Ovoz chiqarib o’qing

Jurnal va kitoblarni ovoz chiqarib o’qing. Bu kulgili tuyulishi mumkindir, lekin imkon qadar baland ovoz bilan o’qing. Shu usul orqali o’zingizni yaxshiroq eshitasiz va so’zlarni yaxshiroq talaffuz qilasiz.

“Practice makes a man perfect”

Talaffuzni muntazam ravishda – do’stlaringiz bilan yoki o’zingiz bilan birga mashq qiling. Faqat boshqalarni tinglash orqali talaffuzni yaxshilashingiz mumkin emas. Ko’proq gapiring va so’zlarning talaffuziga shubha qilsangiz, ularni bir necha marta takrorlang.


@ingiliz_tilida_s
10.9K views17:05
Open / Comment
2024-04-18 18:59:01 Topic vocabulary        ICE CREAM


1. I can't get enough of it - nimanidur judayam yoqtirmoq/xoxlamoq
• I love eating ice cream. Frankly, I can't get enough of it.

2. Because of its taste/ flavour - uni ta'mi/mazasi sababli
• Many people like ice cream because of its taste

3. It's an absolute must - Bu mutlaq shart
• It's an absolute must on a boiling hot day

4. Caramel and chocolate ice cream
• I like caramel and chocolate ice cream most

5.  texture - tarkibi, mazasi
• I do like its creamy texture

6. That melts in the mouth - og'izda erib ketadi (judayam mazaligi uchun)
• These flavours of ice cream melt in the mouth

7. Feeling down - kayfiyat yo'qligi
• Some people like to eat ice cream when they are feeling down

@ingiliz_tilida_s
8.9K views15:59
Open / Comment
2024-04-17 19:42:25 ​​​​​​​​​​​​​​​​​​​​​​​​​​​​​​​​​​​​​​​​​​​​​​​​​​ DARS

a lot / much / many

Davom etamiz...

Much - ko'p.
Sanab bo'lmaydigan (uncountable) narsalarga ishlatiladi.
Masalan:
much water - ko'p suv.

Many - ko'p.
Donalab sanaladigan (countable) so'zlarga ishlatiladi. Har doim ko'plikda keladi.
Masalan:
many books - ko'pgina kitoblar.

Ushbu ikkala so'z savol berilayotgan va inkor gapda ishlatiladi.

Aytganimizdek, sanalmaydigan narsalarga - much, sanaladigan narsalarga - many ishlatiladi:
Do you drink much coffee? - Siz kofeni ko'p ichasizmi?
He has not got many friends - Uning do'stlari ko'p emas.

Agar gap savol yoki inkor bo'lmasa, much/many o'rnida "a lot" ishlatsak bo'ladi, odatda shunaqa. Lekin bunda ham much/ many ishlatilsa bo'laveradi.

"A lot" ikkalasini o'rnida ham ishlatilaveradi, faqat savol yoki inkor bo'lmasligi kerak.

"A lot" so'zidan keyin ot so'z turkumi kelsa "of" qo'shiladi:

He ate a lot of food - U ko'p ovqat yedi.

Agar undan so'ng ot kelmasa "of" ham qo'yilmaydi:
He ate a lot - U ko'p yedi.

Ba'zan "much" so'zi "often" (tez-tez) ma'nosida ham keladi:
Do you watch TV much? - Siz tez-tez televizor ko'rib turasizmi?

Qisqa javob berish mumkin.  Agar javob inkor bo'lsa, "much" ishlatamiz:
No, not much - Yo'q, ko'p emas.

Javob ijobiy bo'lsa, "a lot" qo'yamiz:
Yes, a lot - Ha, ko'p.
9.3K views16:42
Open / Comment
2024-04-13 20:58:55 Bugun kecha kanalga qo'yilgan til (so'zlashish ) mavzusini davom ettiramiz.

Excuse me, What did you say?
Kechirasiz nima dedingiz?
Извините, что вы сказали?

I don't understand you
Men sizni tushunmayapman
Я вас не понимаю.

How do you say that in English?
Buni engilizcha qanday aytsa bo'ladi?
Как это сказать по -английски?

What does this word mean?
Bu so'z nimani bildiradi?
Что означает это слово?

I see, thank you.
Tushunarli raxmat.
Ясно. Понимаю. Спасибо.

Letter Write
Xarf Yozmoq
Буква. Писать

Speak. Quickly
Gapirmoq. Tez
Говорит быстро

Understand.
Tushunmoq.
Понимат.



Berilayotgan so'zlarni doimo yodab boring! !,


@ingiliz_tilida_s


Do’stlaringizni taklif qiling.
10.8K views17:58
Open / Comment
2024-04-13 20:58:31 SAY THIS TO THE IELTS EXAMINER

This book could come handy for those who are struggling with preparing for IELTS/CEFR speaking exam. It could teach you a lot of good ideas, very common vocabulary and linking words.


@ingiliz_tilida_s
8.6K views17:58
Open / Comment
2024-04-12 12:09:28 #vocabulary #useful #synonyms #speaking

Other ways to say, " Could you repeat, please?"

"I'm sorry, I didn't catch that. Could you please repeat?"
"Sorry, could you say that again?"
"I didn't quite hear what you said. Could you repeat, please?"
"Pardon me, could you please repeat what you just said?"
"I'm sorry, I missed what you said. Could you repeat it, please?"
"Could you kindly say that again?"
"Would you mind repeating that, please?"
"I'm having trouble understanding. Could you repeat what you said?"
"I didn't get that. Can you please repeat?"
"Apologies, could you run that by me one more time?"
10.4K views09:09
Open / Comment
2024-04-12 12:08:14 Hello dear IELTS taker,

You are welcome to send your recent IELTS questions via this bot as following order:

​•••┈┈••✾---------✾••┈┈•••

Date: 12.04.2024
Test Centre: IDP
Venue/City: Namangan
Examiner: Tania
Candidate : Sarafroza

Part 1:
- Work or study
- Related to my workplace
— Galaxy, stars, space, travelling

Part 2:
Describe a part of your home you like to stay in


Part 3:
Almost about relaxing
- Should children learn relaxing skills like yoga ?
- Should companies create relaxing rooms for their staff ?
– How society will change with the help of relaxing and so on..
8.9K views09:08
Open / Comment