Get Mystery Box with random crypto!

​​​​​​​​​​​​​​​​​​ Lesson Time ​​​Future Continuous - Kelas | Ingliz tilida so'zlashish

​​​​​​​​​​​​​​​​​​ Lesson Time

​​​Future Continuous - Kelasi davomli zamon

Future Continuous - kelajakda aniq bir vaqtda sodir bo'ladigan ish-harakatni ifodalash uchun ishlatiladi

Yasalish qoidalari:
Darak shakli will be yordamchi fe'liga -ing qo'shimchasini qo'shish yordamida yasaladi:

Masalan:

He will be writing
- U yozayotgan bo'ladi.

I will be working on my computer later today. 
– Men bugun keyinroq kompyuterimda ishlayotgan bo’laman.

You will be learning English at your computer after work. 
– Siz ishdan keyin kompyuteringizda ingliz tilini o’rganayotgan bo’lasiz.

You will be playing soccer this weekend. 
– Siz xafta oxirida futbol o’ynayotgan bo’lasiz.

Formuladagi ko'rinishi:
EGA+WILL BE+FE’L+ING

Misollar:
I will be reading - Men o'qiyotgan bo'laman.
He/She/It will be reading - U o'qiyotgan bo'ladi.
We will be reading - Biz o'qiyotgan bo'lamiz.
You will be reading - Siz o'qiyotgan bo'lasiz.
They will be reading - Ular o'qiyotgan bo'ladi.

Davomli hozirgi zamonda "I am working" (men ishlayabman) bo'lsa, davomli o'tgan zamonda "I was working" (men ishlayotgan edim), Kelasi davomli zamonda "I will be working" (Men ishlayotgan bo'laman) bo'ladi.
Ya'ni, hodisa kelasiz zamonda davom etayotganini tushunamiz.

Taqqoslang

I will work tomorrow - Men ertaga ishlayman (Kelasi oddiy zamon)

I will be working tomorrow - Men ertaga ishlayotgan bo'laman (Kelasi davomli zamon)

@ingiliz_tilida_s