🔥 Burn Fat Fast. Discover How! 💪

MILLIY SERTIFIKAT

Logo of telegram channel milliy_sertifikat — MILLIY SERTIFIKAT M
Logo of telegram channel milliy_sertifikat — MILLIY SERTIFIKAT
Channel address: @milliy_sertifikat
Categories: Education
Language: English
Subscribers: 34.89K
Description from channel

🇺🇿 Milliy sertifikatlar haqida blog!
(Bilimni baholash agentligiga aloqamiz yoʻq)
💬 Guruh linki: @milliyfikrlar
🤖 Bot: @milliy_sertifikatlar_bot
🖥️ Platforma: ytest.uz / metest.uz
🔖 Reklama: @milliys_reklama
🗣️ Murojaat uchun: @ms_adminn

Ratings & Reviews

3.00

2 reviews

Reviews can be left only by registered users. All reviews are moderated by admins.

5 stars

1

4 stars

0

3 stars

0

2 stars

0

1 stars

1


The latest Messages 2

2024-05-24 11:32:10 Matematika hamda rus tili va adabiyot fanlaridan milliy sertifikat natijalari e’lon qilindi

2024-yil 28-aprel kuni o‘tkazilgan matematika hamda rus tili va adabiyot fanlari bo‘yicha milliy sertifikat imtihoni natijalari e’lon qilindi.

Talabgorlar o‘z natijalarini my.gov.uz saytining “Mening arizalarim” bo‘limi orqali bilishlari va sertifikatni elektron tarzda yuklab olishlari mumkin.

Test natijalari xalqaro metodika – Rash modeli asosida hisoblangan bo‘lib, talabgorlarga to‘plagan bali asosida quyidagicha sertifikat taqdim etiladi:

70 balldan yuqori ball — A+ daraja;
65 - 69,9 ball — A daraja;
60 - 64,9 ball — B+ daraja;
55 - 59,9 ball — B daraja;
50 - 54,9 ball — C+ daraja;
46 - 49,9 ball — C daraja.

Sertifikatga ega abituriyentlarga OTMlarning bakalavriatiga kirish test sinovlarida quyidagi tartibda ball beriladi:

A+, A darajali sertifikat uchun — tegishli mutaxassislik fanidan maksimal ball;
B+, B, C+, C darajali sertifikat uchun — tegishli mutaxassislik fanidan proporsional ball;
A+, A, B+, B, C+, C darajali sertifikat uchun — tegishli majburiy fandan maksimal ball.

Imtihon natijalarining statistik tahlili Agentlikning rasmiy veb-saytiga joylashtirildi.

Kanalga ulanish:
@milliy_sertifikat
6.0K views08:32
Open / Comment
2024-05-24 02:54:57 Matematika hamda rus tili va adabiyoti fanlaridan 28-aprel kuni boʻlib oʻtgan milliy sertifikat imtihoni natijalari my.gov.uz saytidagi kabinetda koʻrina boshladi. Tekshirib koʻring. Omad

Kanalga ulanish:
@milliy_sertifikat
9.8K views23:54
Open / Comment
2024-05-22 17:00:01
#eslatma

Prezident maktablariga hujjatlar qabul qilish boshlanishiga 9 kun qoldi

Hujjatlar qabuli ariza.piima.uz sayti orqali faqat ONLAYN tarzda amalga oshiriladi.

Kanalga ulanish:
@tanqidiy_testlar
10.8K views14:00
Open / Comment
2024-05-22 15:13:22
metest.uz platformasida Speaking tayyorgarlik imtihoni jarayoni. Haqiqiy imtihon formati bilan birga bir oʻxshashlikda ishlab chiqilgan.

Kanalga ulanish:
@milliy_sertifikat
10.6K views12:13
Open / Comment
2024-05-22 14:55:11 iTEP imtihoni uchun talabgorlar ro‘yxatga olish davom etmoqda — batafsil

Bilim va malakalarni baholash agentligi huzuridagi Ilmiy-o‘quv amaliy markazi tomonidan Attanal  Alarabi imtihoni uchun talabgorlar onlayn ro‘yxatga olish davom etmoqda — batafsil

TOEFL ITP imtihoni uchun talabgorlar ro‘yxatga olinmoqda — batafsil

Ushbu sertifikatlar uchun magistratura va doktoranturaga kirish imtihonlarida hamda pedagoglarga ustama toʻlashda imtiyozlar mavjud.

Roʻyxatdan oʻtish 12-iyunga qadar davom etadi va quyidagicha toʻlovi mavjud:

iTEP — 1 610 000 soʻm (~127$)
TOEFL ITP — 1 050 000 soʻm (~83$)
Attanal Alarabi — 990 000 soʻm (~$78)

Kanalga ulanish:
@milliy_sertifikat
9.6K views11:55
Open / Comment
2024-05-22 07:44:48 Tez orada Yongʻoq (ytest.uz) saytidan Prezident maktablari uchun namunaviy test topshiriqlarini yuklab olishingiz mumkin boʻladi

Tanqidiy fikrlash
Muammoni hal qilish
Ingliz tili
Matematika
Javoblar varaqasi

Namunaviy testlar narxi 5000 soʻmdan boshlanadi va 50 ga yaqin namunaviy testlar joylashtiriladi.

Ushbu xabarni Prezident maktablariga tayyorgarlik koʻrayotgan tanishlaringizga joʻnatib qoʻying) Rahmat

Kanalga ulanish:
@milliy_sertifikat
10.6K views04:44
Open / Comment
2024-05-22 07:38:02


HURMATLI OTA-ONALAR VA OʻQUVCHILAR!

IXTISOSLASHTIRILGAN TAʼLIM MUASSASALARI AGENTLIGI TIZIMIDAGI MAKTABLARGA HUJJATLAR QABULI EʼLON QILINDI!

Respublikamizdagi barcha Prezident, Ijod, Ixtisoslashtirilgan maktab va maktab-internatlariga hujjatlar qabuli 2024-yilning 1-iyun sanasidan 20-iyun sanasigacha davom etadi.

Hujjatlar qabuli ariza.piima.uz sayti orqali faqat ONLAYN tarzda amalga oshiriladi.

#Prezident_maktablari
#Ijod_maktablari
#Ixtisoslashtirlgan_maktablar

Kanalga ulanish:

@milliy_sertifikat
10.1K views04:38
Open / Comment
2024-05-21 13:42:22 Kimyo va geografiya fanlaridan milliy sertifikat imtihoni uchun ruxsatnomalar e’lon qilindi

2024-yil 26-may (yakshanba) kuni bo‘lib o‘tadigan kimyo va geografiya fanlaridan milliy sertifikat imtihoni uchun ruxsatnomalar e’lon qilindi.

Test sinovida ishtirok etadigan talabgorlar ruxsatnomani my.gov.uz saytining “Mening arizalarim” bo‘limidan olishlari mumkin.

Ruxsatnomada talabgorlar qachon, qayerda test sinovida ishtirok etishi ko‘rsatilgan bo‘lib, talabgorlardan belgilangan vaqtdan kechikmagan holda kelish so‘raladi.

Talabgorlar test sinovi o‘tkaziladigan binolarga shaxsini tasdiqlovchi hujjat (pasport yoki ID-karta) asosida 1-smenada 07:30 dan boshlab (test sinovi 09:00 da), 2-smenada 12:30 dan boshlab (test sinovi 14:00 da) kiritiladi.

Test sinoviga kechikkan yoki kelmagan talabgorlar uchun qo‘shimcha imtihon o‘tkazilmaydi.

Kanalga ulanish:
@milliy_sertifikat
12.5K views10:42
Open / Comment
2024-05-21 10:53:23 Yongʻoq (ytest.uz) platformasida hozirgi kunga qadar chiqarilgan milliy sertifikat formatidagi namunaviy test topshiriqlari roʻyxati

Matematika — 6 ta;

Fizika — 13 ta;

Kimyo — 7 ta;

Biologiya — 6 ta;

Tarix — 9 ta;

Geografiya — 10 ta;

Turk tili — 5 ta;

Oʻzbek tili va adabiyoti — 5 ta;

Rus tili va adabiyoti — 10 ta;

Jami milliy sertifikatga oid 71 ta pdf shaklidagi testlarni ytest.uz saytidagi
Milliy sertifikat testlari (PDF) boʻlimidan yuklab olishingiz mumkin.

Kanalga ulanish:
@milliy_sertifikat
12.0K views07:53
Open / Comment
2024-05-20 18:06:35
Bilimni baholash agentligi tomonidan har oy o‘tkazib kelinayotgan chet tilini bilish darajasini aniqlash imtihonlarida ishtirok etish istagini bildirgan talabgorlar soni borgan sari oshib bormoqda.

Eng quvonarlisi, mazkur imtihonlarda yosh yigit-qizlar ham ishtirok etmoqda va chet tilidan tegishli sertifikatlarga ega bo‘lmoqda.

Youtube orqali ko‘rish (HD formatda)

Kanalga ulanish:
@milliy_sertifikat
13.6K views15:06
Open / Comment