Get Mystery Box with random crypto!

MILLIY SERTIFIKAT

Logo of telegram channel milliy_sertifikat — MILLIY SERTIFIKAT M
Topics from channel:
Savollarga
Статистика
Qabul
Abituriyent
Logo of telegram channel milliy_sertifikat — MILLIY SERTIFIKAT
Topics from channel:
Savollarga
Статистика
Qabul
Abituriyent
Channel address: @milliy_sertifikat
Categories: Education
Language: English
Subscribers: 33.72K
Description from channel

🇺🇿 Milliy sertifikatlar haqida blog!
(Bilimni baholash agentligiga aloqamiz yoʻq)
💬 Guruh linki: @milliyfikrlar
🤖 Bot: @milliy_sertifikatlar_bot
🖥️ Platforma: ytest.uz / metest.uz
🔖 Reklama: @milliys_reklama
🗣️ Murojaat uchun: @ms_adminn

Ratings & Reviews

3.00

2 reviews

Reviews can be left only by registered users. All reviews are moderated by admins.

5 stars

1

4 stars

0

3 stars

0

2 stars

0

1 stars

1


The latest Messages 22

2022-01-21 16:23:07 Bugun Oliy va O’rta maxsus ta’lim vazirligi 2022-2023 yil magistratura mutaxassisligi bo'yicha rasmiy ma'lumot berilishi kutilmoqda.

Unda barcha oliygoh talabalari magistraturaga hujjat topshirishda chet tili sertifikati talab qilishnishi maqullandi.

Bundan ko'rib turinibdiki, magistratura mutaxassisligiga hujjat topshirish uchun chet el sertifikat bo’lmasa talaba hujjat topshira olmaydi!

Bu bo’yicha yaqin vaqtlar ichida rasmiy ma’lumot beriladi!
(@magistrlarofficial)

Kanalga ulanish:
@milliy_sertifikat
2.4K views13:23
Open / Comment
2022-01-21 11:50:22 Savol-javoblar rukni:

Kanalimiz mavzusi Milliy sertifikatlarga oid sizni qiziqtirgan yoki javobini topa olmayotgan savollaringiz boʻlsa, bizga joʻnatishingiz mumkin. Qoʻldan kelgancha javob berishga harakat qilamiz!
Savollaringizni soat 14:00 dan 20:00 ga qadar @milliy_sertifikat_admin ga yuboring.
Barchani savoliga albatta, javob beramiz. Umumiy javoblar posti 20:00 dan soʻng @milliy_sertifikat kanalimizda eʼlon qilinadi! Bizni kuzatishda davom eting!

Kanalga ulanish:
@milliy_sertifikat
2.6K views08:50
Open / Comment
2022-01-21 11:28:12 ​​​​​​ 2021-yil 9-10-iyun kunlari Biologiya fanidan boʻlib oʻtgan milliy sertifikat imtihonlarida nomzodlar qanday natija qayd etishgan? (statistika)

Biologiya — 2473 nafar nomzod.

0 nafar (0%) talabgor sertifikat talabini bajargan.

0 nafar (0 %) talabgor 90 foiz va undan yuqori natija ko‘rsatgan.

Hududlar bo‘yicha ko‘rsatkichlar mavjud emas.

Maʼlumot oʻrnida, Biologiya fani bo‘yicha test natijalari tahliliga ko‘ra testologiya mezonlari buzilganligi, talabgorlarning biologiya fanidan maktabda olgan o‘rtacha baholari bilan test sinovidagi natijalari o‘rtasida tafovutlar yuqori ekanligi hamda ommaviy axborot vositalari va ijtimoiy tarmoqlarda ko‘plab e’tirozlarga sabab bo‘lganligi uchun xalqaro tajribadan kelib chiqqan holda 10-iyun kuni biologiya fanidan milliy sertifikat uchun o‘tkazilgan test sinovi natijalari e’lon qilinmasligini ma’lum qilindi.

Kanalga ulanish:
@milliy_sertifikat
2.3K views08:28
Open / Comment
2022-01-21 11:23:43 ​​​​​​ 2021-yil 9-10-iyun kunlari Matematika fanidan boʻlib oʻtgan milliy sertifikat imtihonlarida nomzodlar qanday natija qayd etishgan? (statistika)

Matematika — 898 nafar nomzod.

485 nafar (54 %) talabgor sertifikat talabini bajargan.

40 nafar (4,5 %) talabgor 90 foiz va undan yuqori natija ko‘rsatgan.

Hududlar bo‘yicha ko‘rsatkichlar quyidagi rasmda keltirilgan.

Kanalga ulanish:
@milliy_sertifikat
2.2K viewsedited  08:23
Open / Comment
2022-01-21 11:20:46 ​​​​ 2021-yil 9-10-iyun kunlari Kimyo fanidan boʻlib oʻtgan milliy sertifikat imtihonlarida nomzodlar qanday natija qayd etishgan? (statistika)

Kimyo — 3183 nafar nomzod.

1 116 nafar (35,1 %) talabgor sertifikat talabini bajargan.

81 nafar (2,5 %) talabgor 90 foiz va undan yuqori natija ko‘rsatgan.

Hududlar bo‘yicha ko‘rsatkichlar quyidagi rasmda keltirilgan.

Kanalga ulanish:
@milliy_sertifikat
2.1K viewsedited  08:20
Open / Comment
2022-01-21 11:16:59 ​​ 2021-yil 9-10-iyun kunlari Ona tili va adabiyoti (rus tili, qoraqalpoq tili) fanlaridan boʻlib oʻtgan milliy sertifikat imtihonlarida nomzodlar qanday natija qayd etishgan? (statistika)

O‘zbek tili va adabiyoti, rus tili va adabiyoti, qoraqalpoq tili va adabiyoti — 1572 nafar nomzod.
1 081 nafar (68,8 %) talabgor sertifikat talabini bajargan (yaʼni 60% dan yuqori)
28 nafar (1,8 %) talabgor 90 foiz va undan yuqori natija.
Hududlar bo‘yicha ko‘rsatkichlar quyidagi rasmda keltirilgan.

Kanalga ulanish:
@milliy_sertifikat
2.2K views08:16
Open / Comment
2022-01-20 19:28:48 «Yozish» ko‘nikmasi bo‘yicha natijalar e’lon qilindi

Chet tillar o‘qituvchilarining bazaviy lavozim maoshlariga ustama haq belgilash uchun 2021-yil 26-27-28-dekabr kunlari o‘tkazilgan (https://t.me/dtmuzb/4332) test sinovlarining «yozish» ko‘nikmasi bo‘yicha natijalari e’lon qilindi.

O‘qituvchilar o‘z natijalarini my.dtm.uz saytidan “Chet tillar o‘qituvchilari uchun test sinovlari” bo‘limining “Mening arizalarim” qismida bilishlari mumkin.

«Yozish» ko‘nikmasi bo‘yicha 60 foiz va undan yuqori ball olgan o‘qituvchilari uchun «gapirish» ko‘nikmasini baholash imtihoni vaqti va manzili tez orada nomzodning shaxsiy kabinetida e'lon qilinadi. (@dtmuzb)

Kanalga ulanish:
@milliy_sertifikat
2.8K viewsedited  16:28
Open / Comment
2022-01-18 09:47:03 Chet tilini bilish darajasini aniqlash bo‘yicha ro‘yxatdan o‘tgan talabgorlar diqqatiga

Ma’lumki, chet tilini bilish darajasini aniqlash bo‘yicha yanvar oyida bo‘lib o‘tadigan test sinovi sanalari belgilangan bo‘lib, unga ko‘ra, test sinovining yozma qismi 20-yanvar kuni, gapirish ko‘nikmasini baholash imtihonlari 21-22- va 24-yanvar kunlari o‘tkazilishi e’lon qilingan edi.

Keyingi kunlarda mamlakatimizda koronavirus infeksiyasi bilan kasallanish holatlarining ortib borayotganligi, shuningdek, Respublika maxsus komissiyasining 2022-yil 15-yanvardagi qarori asosida turli ommaviy tadbirlar tashkil etish taqiqlanganligi va karantin cheklovlari sharoitida aholi salomatligini saqlash ustuvor maqsad ekanligini hisobga olib, 2022-yil 20-24-yanvar kunlari chet tilini bilish va egallash darajasini aniqlash bo‘yicha test sinovini o‘tkazish vaqtincha qoldirildi.

Pandemiya sharoitini hisobga olgan holda mazkur imtihonlarni o‘tkazish rejasi ishlab chiqilgach, Davlat test markazining rasmiy veb-sayti, telegram kanali, talabgorlarning shaxsiy kabineti hamda SMS xabarnoma orqali imtihon sanalari haqida ma’lum qilinadi.

O’zingizni asrang! (@dtmuzb)

Kanalga ulanish:
@milliy_sertifikat
4.2K viewsedited  06:47
Open / Comment
2022-01-17 14:06:05 Shu kunga qadar umumtaʼlim fanlaridan necha marotaba milliy sertifikat imtihonlari boʻlib oʻtdi?

Ushbu tizim joriy qilingandan soʻng quyidagi fanlardan milliy sertifikat imtihonlari boʻlib oʻtdi:

Kimyo fanidan 2 marotaba:
2021-yil 11-may kuni 700 nafardan ziyod oʻquvchi ishtirok etgan.
2021-yil 9-10-iyun kunlari 3183 nafar ishtirokchi qatnashgan.

Biologiya fanidan 2 marotaba: (bittasida DTM anorchani tagiga qovun tushirgan )
2021-yil 12-may 1000 nafarga yaqin talabgor ishtirok etgan.
2021-yil 9-10-iyun kunlari 2473 nafar nomzod qatnshagan imtihon natijalari eʼlon qilinmadi. Test tuzishdagi qoʻpol xatolar sabab qilib koʻrsatildi. Toʻlangan pullar qaytarib beriladi deyildi.

Ona tili va adabiyoti (Rus tili va adabiyoti, Qoraqalpoq tili va adabiyoti) fanidan 2 marotaba:
13-14-aprel kunlari 700 nafardan ziyod ishtirokchi qatnashgan.
9-10-iyun kunlari 1572 nafar oʻquvchi ishtirok etgan.

Matematika fanidan 2 marotaba:
13-14-aprel 700 nafarga yaqin ishtirokchi qatnashgan.
9-10-iyun 898 nafar oʻquvchi test topshirgan.

Va deyarli har oy davomida chet tillaridan milliy sertifikat imtihonlari boʻlib oʻtgan.

Hozirda Fizika fani uchun milliy sertifikat imtihonlariga roʻyxatdan oʻtish yakunlandi.

Kanalga ulanish:
@milliy_sertifikat
5.1K viewsedited  11:06
Open / Comment
2022-01-17 12:49:00 Tez kunlarda Fizika fanidan milliy sertifikat imtihoni boʻlib oʻtadi. Quyida Fizikadan milliy sertifikat imtihoni haqida maʼlumot olishingiz mumkin:

Fizika fanidan milliy sertifikat imtihonida jami 45 ta savol mavjud boʻlib, ular 6-11 sinf darsliklaridan tuziladi. 45 ta savol oʻz oʻrnida 3 ta turga boʻlinadi:
Ochiq savollar - 32 ta;
Yopiq savollar - 10 ta;
Yozma ish - 3 ta.

Ushbu savollarni bajarish uchun jami 150 daqiqa vaqt ajratiladi (2 soat-u 30 daqiqa)

Baholash esa quyidagicha tartibda boʻladi:
Har bir toʻgʻri topilgan yopiq turdagi savollarga 1 balldan 1.5 balgacha (savol qiyinligiga qarab);
Har bir toʻgʻri topilgan ochiq turdagi savollarga 2 ball;
Yozma ish uchun esa 12 balgacha taqdim etilishi mumkin.
Maksimal ball: 100 ball

Sertifikat olish uchun 100 baldan 60 yoki undan yuqori ball toʻplash talab etiladi. Qancha koʻp ball yigʻsangiz, kirish imtihonlarida ushbu fandan shuncha koʻp ball yigʻish imkoniyatiga ega boʻlasiz.

Kanalga ulanish:
@milliy_sertifikat
4.2K views09:49
Open / Comment