Get Mystery Box with random crypto!

Hayotning ko'p darsi o'tilgan Ko'pincha yutkazib yutilgan Do | Sheraliyev She'rlari

Hayotning ko'p darsi o'tilgan
Ko'pincha yutkazib yutilgan
Do'stlarim aytinglar aytinglar
Taqdirdan kim qochib qutilgan

Dillarga quvonchlar ulashib
Kimgadir gul sochib kutilgan
Dovondan yo'l oshib tog' oshib
Taqdirdan kim qochib qutilgan

Tangridan har damda noligan
Yana bir sinovga tutilgan
Yordam Ham berolmas mo'jiza
Taqdirdan kim qochib qutilgan

Yuragim dod solar ko'ksima
Orzular qanotim qayrilgan
Qo'y Xasan bunchalar o'ksima
Taqdirdan kim qochib qutilgan

Sinovlar ketma-ket kelsa Ham
Hammasi taqdirga bitilgan
Shoshilib kuyinma ey odam
Taqdirdan kim qochib qutilgan...

Sheraliyev