Get Mystery Box with random crypto!

Sheraliyev She'rlari

Logo of telegram channel sheraliyev_sherlari — Sheraliyev She'rlari S
Logo of telegram channel sheraliyev_sherlari — Sheraliyev She'rlari
Channel address: @sheraliyev_sherlari
Categories: Uncategorized
Language: English
Subscribers: 114
Description from channel

She'rlar muallif nomisiz ko'chirilmasin!
Zakaz she'rlarga buyurtma berish uchun: @Sheraliyev_Shoir

Ratings & Reviews

2.00

2 reviews

Reviews can be left only by registered users. All reviews are moderated by admins.

5 stars

0

4 stars

0

3 stars

1

2 stars

0

1 stars

1


The latest Messages

2020-04-29 13:27:41
Yaxshi kunlarimiz hali oldinda
1.7K viewsSκrσσσmηιy☻ ₯₰... ོ ⠀ོ⠀⠀ོ, edited  10:27
Open / Comment
2019-03-22 10:55:08 O'zga yurta ishlab yuribman
Qattiq nonin tishlab yuribman
Qaytolmayin vatanimga xech
Sovuq kunda ishlab yuribman

Xasanni dard qiynar sanoqsiz
Hech kim bilmas sanab yuribman
Sog'inganda termulib Onam
Su'ratiga qarab yuribman

Sevgan qizim kutadi xamon
Nomarddayin aldab yuribman
Sog'inchlarda qiynab gulimni
Ko'zlarini namlab yuribman

Qaytay desam uyim bitmagan
Tashvishlarda kuyib yuribman
Hammadan men dardim yashirib
Zo'rlab o'zim kulib yuribman

Yana ozroq ishlayin deya
Qora terga botib yuribman
O'zim xo'rlab yigit boshimni
G'ururimni sotib yuribman

Oz qoldi deb o'zim ovutib
Majburlikdan chidab yuribman
Yana ozroq chidayin deya
O'z sabrimni sinab yuribman

Ex qanchalik baxti qoraman
Dardim dilga sochib yuribman
Ona va'da borib qolaman
Ulgiray deb shoshib yuribman...

SheRaliYeV
3.9K viewsSκrσσσmηιy☻ ₯₰... , 07:55
Open / Comment
2018-11-25 13:28:14 #Manlog

Yurakdan chiqan sadolar

T.me/ShiRinGinaaZoBimSan
4.3K viewsSκrσσσmηiy☻ ₯₰... , 10:28
Open / Comment
2018-11-24 16:00:02 Dilim bemor yurakkinam g'ash
Dardlar uzra bu jonim talash
Kundan kunga so'nib borar shasht
Chunki mening yonimdamassan

Lahza sayin qurib borar hol
Terak qaddim bo'lib qolgan dol
Xazon rangda men ekkan nixol
Chunki mening yonimdamassan

Ko'ksim ushlab uvishar kaftim
Yel misoli uchmoqda ahdim
Baxtsizdirman ey mening baxtim
Chunki mening yonimdamassan

Havo aynir osmonlar dodlar
Yoding dilga quvonchni yotlar
Ishqda bizdan qoldi isnodlar
Chunki mening yonimdamassan

Saxro bo'ldi soyu jilg'alar
Vujudimda xijron yo'rg'alar
Endi kuylar dilda qarg'alar
Chunki mening yonimdamassan

To'ymas jondan rostmana to'ydim
Kovak yaram yanada o'ydim
Tuzukroq bir she'r yozmay qo'ydim
Chunki mening yonimdamassan.

Baxtsizdirman ey mening baxtim...

Sheraliyev
4.0K viewsSκrσσσmηiy☻ ₯₰... , 13:00
Open / Comment
2018-08-06 06:54:26 Bu yil talabalik baxti nasib qilmagan do'stlarimiz uchun...

Afsuslar egkanda boshingiz
Men sizga rost so'zni so'zladim
Siz xali ko'p ishga qodirsiz
Talaba bo'lmagan do'stlarim

Intilgan ilojin topadi
Xatolar daftarin yopadi
Yaxshi ot keyinroq chopadi
Talaba bo'lmagan do'stlarim

Ilmga baxshida qalb qo'ri
"Xech ortga qaytma'' der g'ururi
Eng zo'ri bo'lasiz, eng zo'ri
Talaba bo'lmagan do'stlarim

Tog'lardek mustahkam axdingiz
Dunyoni lol qilsin shaxtingiz
Albatta kuladi baxtingiz
Talaba bo'lmagan do'stlarim...

Sheraliyev
7.1K viewsSκrσσσmηιy , 03:54
Open / Comment
2018-07-27 15:06:41 Hayotning ko'p darsi o'tilgan
Ko'pincha yutkazib yutilgan
Do'stlarim aytinglar aytinglar
Taqdirdan kim qochib qutilgan

Dillarga quvonchlar ulashib
Kimgadir gul sochib kutilgan
Dovondan yo'l oshib tog' oshib
Taqdirdan kim qochib qutilgan

Tangridan har damda noligan
Yana bir sinovga tutilgan
Yordam Ham berolmas mo'jiza
Taqdirdan kim qochib qutilgan

Yuragim dod solar ko'ksima
Orzular qanotim qayrilgan
Qo'y Xasan bunchalar o'ksima
Taqdirdan kim qochib qutilgan

Sinovlar ketma-ket kelsa Ham
Hammasi taqdirga bitilgan
Shoshilib kuyinma ey odam
Taqdirdan kim qochib qutilgan...

Sheraliyev
6.7K viewsSκrσσσmηιy , 12:06
Open / Comment
2018-07-14 15:28:14 Bu ko'hna dard bu azaliy dard
Kim sinovdan qo'rqmasa u mard
Bir umrga birga bo'lish chun
Biz o'qishga kirishimiz shart

Qurib qolsa dilning madori
Ilm erur eng yaxshi dori
Hamma kirsin shular qatori 
Biz o'qishga kirishimiz shart

Hozir bizga shudir eng kerak
Ikkimizga ilm teng kerak 
Senga menu, menga sen kerak
Biz o'qishga kirishimiz shart

Boshqa yo'l yo'q iltimos tushun
Diling qiynab bo'laverma xun
Jonim birga bo'lishimiz chun
Biz o'qishga kirishimiz shart

Nelar kelmas sevsang gar chindan
Taqdirga sen berib qo'yma tan
O'z iroda kuchimiz bilan
Biz o'qishga kirishim shart

Foyda yo'qdir to'kma jiqqa yosh
Menga bir sen sen menga dildosh
Zo'rg'a yozdim ko'zim jiqqa yosh
Biz o'qishga kirishimiz shart...
6.6K viewsΡαηΔα , 12:28
Open / Comment
2018-05-28 10:05:53 Shu kunlarga Allohim yetkaz
Ko'nglimizdan gunoxni ketkaz
Boshqa bayramlar bizga kerakmas
Kelaqol Ramazon seni sog'indik

Mo'minlar xursand bo'lishi uchun
G'iybatlar tildan o'chishi uchun
Shaytonlar zanjirband bo'lishi uchun
Kelaqol Ramazon seni sog'indik

Unut bo'lsin gina qudratlar
Dildan ketsin g'ussa g'urbatlar
Yonib kuysin yovuz kalxatlar
Kelaqol Ramazon seni sogindik

O'zi bir oy kelasan lekin
O'chirasan bir, yillik gunohni.
Ro'za tutib olay savobni
Kelaqol Ramazon seni sog'indik...

Sheraliyev
8.9K viewsSκrσσmηιγ , 07:05
Open / Comment