Get Mystery Box with random crypto!

Dilim bemor yurakkinam g'ash Dardlar uzra bu jonim talash Kund | Sheraliyev She'rlari

Dilim bemor yurakkinam g'ash
Dardlar uzra bu jonim talash
Kundan kunga so'nib borar shasht
Chunki mening yonimdamassan

Lahza sayin qurib borar hol
Terak qaddim bo'lib qolgan dol
Xazon rangda men ekkan nixol
Chunki mening yonimdamassan

Ko'ksim ushlab uvishar kaftim
Yel misoli uchmoqda ahdim
Baxtsizdirman ey mening baxtim
Chunki mening yonimdamassan

Havo aynir osmonlar dodlar
Yoding dilga quvonchni yotlar
Ishqda bizdan qoldi isnodlar
Chunki mening yonimdamassan

Saxro bo'ldi soyu jilg'alar
Vujudimda xijron yo'rg'alar
Endi kuylar dilda qarg'alar
Chunki mening yonimdamassan

To'ymas jondan rostmana to'ydim
Kovak yaram yanada o'ydim
Tuzukroq bir she'r yozmay qo'ydim
Chunki mening yonimdamassan.

Baxtsizdirman ey mening baxtim...

Sheraliyev