Get Mystery Box with random crypto!

O'zga yurta ishlab yuribman Qattiq nonin tishlab yuribman Qayt | Sheraliyev She'rlari

O'zga yurta ishlab yuribman
Qattiq nonin tishlab yuribman
Qaytolmayin vatanimga xech
Sovuq kunda ishlab yuribman

Xasanni dard qiynar sanoqsiz
Hech kim bilmas sanab yuribman
Sog'inganda termulib Onam
Su'ratiga qarab yuribman

Sevgan qizim kutadi xamon
Nomarddayin aldab yuribman
Sog'inchlarda qiynab gulimni
Ko'zlarini namlab yuribman

Qaytay desam uyim bitmagan
Tashvishlarda kuyib yuribman
Hammadan men dardim yashirib
Zo'rlab o'zim kulib yuribman

Yana ozroq ishlayin deya
Qora terga botib yuribman
O'zim xo'rlab yigit boshimni
G'ururimni sotib yuribman

Oz qoldi deb o'zim ovutib
Majburlikdan chidab yuribman
Yana ozroq chidayin deya
O'z sabrimni sinab yuribman

Ex qanchalik baxti qoraman
Dardim dilga sochib yuribman
Ona va'da borib qolaman
Ulgiray deb shoshib yuribman...

SheRaliYeV