Get Mystery Box with random crypto!

#onlaynNKM 2021-yil birinchi yarmida 177 ming shoxobcha onlay | Soliq xizmati xabarlari - Rasmiy kanal

#onlaynNKM

2021-yil birinchi yarmida 177 ming shoxobcha onlayn nazorat-kassa texnikasidan foydalanishga o‘tdi

Onlayn-NKM yoki virtual kassadan foydalanishga o‘tgan tadbirkorlik subyektlari tomonidan to‘lov terminali orqali qabul qilingan to‘lovlar uchun xaridorlarga to‘lov terminali cheki bilan birga onlayn-NKM yoki virtual kassa cheki ham berilishi shart.
(PF-5813-son, 5-bandi. VM-943-son qarori, 1-ilova, 6-bandi)

Nazorat-kassa texnikasini qo‘llamasdan savdoni amalga oshirganlik va xizmatlar ko‘rsatganlik, xaridorga cheklarni yoki ularga tenglashtirilgan hujjatlarni bermasdan tovarlarni realizatsiya qilganlik va xizmatlar ko‘rsatganlik besh million so‘m miqdorida jarima solishga sabab bo‘ladi.
(Soliq kodeksi, 221-modda)

Тelegram | Facebook | Youtube| Instagram