Get Mystery Box with random crypto!

#yutuqli_oyinlar Yutuqli chek o‘yinlari g‘oliblariga sovrinl | Soliq xizmati xabarlari - Rasmiy kanal

#yutuqli_oyinlar

Yutuqli chek o‘yinlari g‘oliblariga sovrinlar topshirildi

Davlat soliq qo‘mitasida yutuqli chek o‘yinlarining omadli chek sohiblari taqdirlandi.

Ushbu tirajning eng omadli ishtirokchisi Toshkent shahri Sergeli tumanida istiqomat qiluvchi 24 yoshli Timur Urakov bo‘ldi. U 84 ming so‘mlik xaridni amalga oshirib, berilgan QR-kodli chekni Soliq mobil ilovasida ro‘yxatdan o‘tkazib, Chevrolet Spark avtomobili sohibi bo‘ldi.

Siz ham 25ta qimmatbaho sovrinlarni yutib olishni istaysizmi ?

5 ta pul mukofoti;
3 ta televizor;
3 ta konditsioner;
3 ta gaz plitasi;
3 ta mobil telefon;
3 ta "Xumson" sanatoriysiga yo‘llanma;
4 ta velosiped.
Super yutuq – Chevrolet Spark avtomobili.

Тelegram | Facebook | Youtube| Instagram